ASOSIY KO‘RSATKICHLAR  

Oliy ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi va Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi ARM lar faoliyati to’g-risida ma’lumot
ЎÒÔÁ ÍÁÈÓÕÓ ËÁÓÂ-ҳÕÎÁÒ ÔÁßÌÉÍÉ ÍÁÒËÁÚÉ ,èÁÌқ ÔÁßÌÉÍÉ ×ÁÚÉÒÌÉÇÉ ,õÎÉ×ÅÒÓÉÔÅÔ ×Á ÉÎÓÔÉÔÕÔÌÁÒ



O‘zbekiston Milliy kutubxonasining asosiy ko‘rsatkichlari Iyun oyida Milliy kutubxonaga kelib tushgan adabiyotlar 


Jami

Kitoblar

Jurnal

Rus tilida

O’zbek tilida

Chet tillarda

CD va DVD

4176

1713

2463

2640

816

820

13

 

Kitobhonlar soni - 1 081 (yozuv), Kitob berilishi - 109 029,
Kitobhonlar qatnovi - 30 982 kitobxon


Milliy kutubxona elektron katalogi (http://www.natlib.uz/cgi-bin/irbis32r/cgiirbis_32.exe?C21COM=F&I21DBN=IBIS&P21DBN=IBIS):
Kitob, avtoreferat va dissertatsiyalar - 1501 (120405) bibliografik yozuv,
Gazeta va jurnallardagi maqolalar analitik yozuvi - 1509 (58732) bibliografik yozuv.

1.Avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimlarida foydalanish uchun Respublikamiz yozuvchi, shoir va atoqli shaxslarining avtoritet yozuvlari bazasi shakllantirilmoqda. Ma'lumotlar bazasidagi yozuvlar soni 1600 dan ortiq.
2. O‘zFA akademiklari A.Asqarov va V.K.Qobulovlar ilmiy ishlari elektron katologi yaratildi. 
3. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlari va faoliyatiga oid bibliografik va to‘liq matnli ma'lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Mazkur ma'lumotlar bazasidagi bibliografik yozuvlar soni 4500 dan ortiq bo‘lib, shulardan 500 dan ortig‘i to‘liq matnga ega.
4. “Toshkent shahrining - 2200 yilligi” munosabati bilan Toshkent shahri tarixini aks ettiruvchi adabiyotlar elektron katalogini tuzishga kirishildi. 

Nodir adabiyotlarning asl nusxalarini saqlash maqsadida 2005 yildan boshlab noyob adabiyotlarning to’liq elektron matnlari yaratilmoqda. 594 tomdan iborat "Turkiston to’plami", 10 tomdan iborat "Turkiston albomi", Dmitrovskiy va Idarovlar tomonidan tuzilgan 29 jildli "Turkiston to’plami", 92 jildli noyob albomlar, V.V.Bartoldning to’qqiz tomdan iborat ilmiy asarlari, 28 jilddan iborat "Zapiski vostochnago otdeleniya Imperatorskago RusskÏgo ArxeologicheskÏgo Obshestva" nomli majmua, eski o’zbek va qardosh tillardagi gazetalar (140 jild), O’rta Osiyo va unga chegaradosh o’lkalarning tarixiga oid ko’pgina nodir asarlar shular jumlasidandir. 
2006 yildan boshlab 4035 dan ziyod noyob adabiyotlarning elektron kataloglari yaratilmoqda. Ular ichida, 323 jilddan iborat qo’lyozma va toshbosmalar, "Turkiston to’plami", "Turkiston albomi", noyob albomlar, o’zbek, rus va qardosh tillarda nashr etilgan kitob, gazeta va jurnallar bor. 

"27-iyun - O’zbekiston Matbuoti va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" mavzusida ko’rgazma tashkil qilindi.

Ko’rgazmaga bo’lim fondidan XIX-XX asrlarga oid Toshkentda chop etilgan ilk o’zbek va rus tillaridagi kitoblar, O’zbekistonda chop etilgan o’zbek tilidagi gazetalardan (arab alifbosida) "Turkiston viloyatining gazetasi", "Sadoyi Farg’ona", "Ishtirokiyun", jurnallardan "Maorif va o’qitg’uvchi", "Oyina", "Muxbirlar yo’ldoshi", "Matbaachilar jurnali", "Pechat Uzbekistana" va boshqa O’zbekiston matbuotchiligiga oid turli kitoblar va ko’rsatkichlar qo’yildi.

Chet el elektron resurslariga kirish imkoniyati:

Rossiya davlat kutubxonasi (http://diss.rsl.ru) -RDK dissertatsiyalar elektron kutubxonasiga kirish (150 mingdan ortiq dissertasiyalar.) 

EBSCO (http://ejournals.ebsco.com) - Ingliz tilidagi barcha bilim sohalariga tegishli jurnal va jurnalarlardagi maqolalarning to’liq matnini o’qish imkoniyati (ochiq elektron kirish) va boshqalar. 

Chet el adabiyolar va chet el aloqalar bo‘limi kitobxonlariga Academic Search Primier ma'lumot ba'zasi haqida ma'lumotlarni taqdim etadi.

Academic Search Primier - dunyodagi eng katta ma'lumot bazasi bo‘lib, akademiya muassasalari uchun ishlab chiqilgan va 4700 dan ortiq nashrlar hamda 3600 davomli nashriyotlarning to‘liq matnlarni o‘z ichiga oladi. 
To‘liq matnga qo‘shimcha kitoblarga qisqa ta'rif berilib, 8175 ta jurnallar uchun annotatsiyalar mavjud. Bu ma'lumot bazasi akademik tadqiqotlarning barcha sohalariga tegishli ma'lumotlarni taqdim etadi, jumladan ijtimoiy (gumanitar) fanlarni xam o‘z ichiga oladi.

Academic Search Primier- bu eng katta va qimmatbaho to‘liq matndagi nashrlar to‘plami bo‘lib, o‘ziga xos, betakror ilmiy manbaalardan ma'lumotlarni taqdim etadi.
Academic Search Primier- bunda malumotlar ko‘lami juda keng, ya'ni annotatsiyalar, RDF farmatdagi maqolalar, tasvirlar berilib, 1965 yildan boshlab xozirgi vaqtgacha nashr qilingan 100 dan ortiq akademik jurnallarni o‘z ichiga oladi. 
Academic Search Primier- 4650 ta davomli nashrlar, 3600 dan ortiq to‘liq matndagi maqolalardan iborapt bo‘lib 1975 yildan boshlab jurnallarga ochiq elektron kirish imkoniyati mavjud bo‘lib, unda PDF formatidan foydalaniladi. 

Chet el adabiyotlar va chet el aloqalar bo‘limi ARROW qidiruv xizmati bilan ham tanishtiradi.
ARROW qidiruv xizmati Avstraliya Universitetlarining kutubxonalariga tegishli barcha nashrlardan bir vaqtning o‘zida qidiruvni amalga oshiradi.
Bu yerda 225.000 dan ortiq Avstraliya ilmiy nashrlarini, dissertatsiyalar, preprintlar, jurnal maqolalarini, kitoblardan boblar, musiqiy yozuvlar va rasmlarni topishingiz mumkin. 
http://search.arrow.edu.au/

Ilmiy-metodik qo‘llanmalar
Quyidagi mavzularda metodik-bibliografik qo‘llanmalar nashr qilindi: 
Dovrug‘ solgan ustoz Olimjon (Hamid Olimjon tavalludining 100 yilligi munosabati bilan)
“Ma'nolar otasi” yoxud shoir Bedil (Mirzo Abdulqodir Bedil tavalludining 365 yilligi munosabati bilan)

Yangi adabiyotlar anonsi:
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.
Ushbu asar jaxon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri hamda uning oldini olish va yumshatishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga sharh.
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bo‘limlari, boblari va moddalariga hamda fuqarolarimizning Konstitutsiya va uning mazmun - mohiyati bilan bog‘liq siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Mavrulov A. Ma'naviy barkamol inson tarbiyasi.
Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, ularda o‘zining “meni”ga ega bo‘lish, shuningdek yoshlar ma'naviy ehtiyojini shakllantirish, yoshlar ma'naviy barqarorligini ta'minlashda o‘zbek milliy madaniy merosining o‘rni hakida fikr bildirilgan.

Nizomiddinov N.G‘. Hindostonda islom: tarix, ijtimoiyg‘siyosiy hayot va hind-musulmon madaniyati.
O‘zbek va hind xalqlarning qadim tarixga ega aloqalari, savdo-iqtisodiy hamkorliklari jarayonida o‘lkamizga hind madaniyati unsurlari bilan birga Budda dinnining kirib kelishi haqida ma'lumot keltirilgan.

Dilmurod A. Mezon burji. 
Qissalarda olis tarix nafasini, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy va abadiy to‘qnashuvlarni, yana ham muhimi o‘zaro ajralib turadigan va esda qaladigan turli-tuman qiyofa ega bo‘lgan obrazlar olami yaratilgan.

Said Ahmad. Jimjitlik.
Roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag‘ishlangan.

Lojuvard osmon: XX asr she'riyati.
XX asr she'riyatining namoyandalari asl she'riy durdonalarni yaratdilar. Ular soxta mafkura talablariga emas, o‘z insoniy aqidalariga, adabiyotning yuksak mezonlariga sodiq qolib qalam tebratdilar.

Kutubxona xodimlari tomonidan maktab axborot-resurs markazlari faoliyatini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan “KARMAT-M” kutubxona tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, har yili bo‘lib o‘tadigan “Qrim 2009” xalqaro konferensiyasida taqdimoti o‘tkazildi. U elektron katolog bazasini shakllantirish, elektron katolog orqali buyurtmalarni shakllantirish, adabiyotlarni berish va qaytarib olish hamda kutubxona statistikasini yuritish imkoniyatlariga ega. 
http://www.gpntb.ru/win/inter-vents/crimea2009/disk/autors.html



Ma’sul xodim : Mardiyev N.

May oyining asosiy ko'rsatgichlari
  COPYRIGHT ¿ 1999-2007 O'zbekiston Milliy kutubxonasi   Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy web sayti