Birinchi bosqich. Kutubxonaga a'zo bo’lish juda oddiy: birinchi qavatda vestibyulda ro’yxatdan o’tkaziladi, buning uchun pasport bo’lishi zarur, 2 ta 3x4 sm o’lchamli fotosurat, va kutubxona bileti blankasiga haq to’lash uchun 300 so’m lozim. Kitobxon bileti - Sizning kutubxonada ishlashingiz uchun zarur bo’lgan asosiy hujjatdir. Uni uyda unutib qoldirmang, yo’qotib qo’ymang va boshqa birovga bermang. Kutubxona - madaniyat muassasasi ekanligini yodda tuting. Kutubxona ham teatr singari kiyim iladigan joydan boshlanadi. Ustki kiyim-bosh, sumkalar va ryukzak garderobga topshiriladi.
Ikkinchi bosqich. Kutubxona fondining o’n milliondan ortiq hujjatlari Sizning ixtiyoringizda bo’ladi. Ular haqidagi ma'lumotlarni asosiy binoning birinchi qavatidagi kataloglar va kartotekalar zalidan olish mumkin. (alifbo katologi - muallifning familiyasi va kitobning nomi bo’yicha izlash; tizimli katalog - bilimlar sohalari bo’yicha izlash), va/yoki ikkinchi qavatda 19-xonada elektron katologdan foydalanish mumkin. Elektron katalog - bu mavzu, muallif, nomi va/yoki asosiy
so’z bo’yicha tezlikda topish. Zarur axborotni izlashda kataloglar zalining maslahat beruvchilari va ikkinchi qavatda 19-xonada ma'lumotnoma-axborot bo’limining bibliograflari yordam beradi, tel.: 139-47-09. Siz elektron yoki kartochkalar katalogidan axborotning zarur manbaini topganingizdan keyin katalogdan kitob shifri, muallifning familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflarini, kitobning nomi va nashr etilgan yilini buyurtma blankasiga ko’chirib yozing. Ushbu yozma buyurtma blankasining N raqamlisini 17-18-xonaga o’quv zalining kutubxonachisiga; boshqa raqamlisini
X.Sulaymonova ko’chasi, 33-uyda joylashgan binoning o’quv zali kutubxonachisiga bering.
Uchinchi bosqich. Samarali foydalanish uchun xizmat ko’rsatish bo’limlari va ularning resurslarini diqqat bilan o’rganing:
*hujjatlar, ensiklopediyalar, fanning har xil jihatlari uchun o’quv materiallarini, O’zbekistonda yoqlangan dissertasiyalar va boshqa adabiyotlar bo’yicha ma'lumotnomalarni olish uchun kitobxonlarga xizmat ko’rsatish bo’limiga murojaat qilish zarur: 17-xona, o’quv zali - 18-xona;
tel.: 239-11-38.
*Ikkinchi qavatdagi 19-xonada joylashgan ma'lumotnoma-axborot bo’limi dissertasiya va yoki ilmiy ish, ma'ruza, seminar, kurs va diplom ishi mavzusi bo’yicha adabiyotlar tanlashga; manbaning buzilgan joylarini va u haqda yetishmayotgan ma'lumotlarni aniqlashga; boshqa bibliografik axborotdan foydalanishga yordam
beradi, tel.: 239-47-09.
*Ikkinchi qavatdagi 29-xonada joylashgan chet el adabiyoti va xorijiy aloqalar bo’limidan xorijiy tildagi badiiy va ilmiy adabiyotlarni (barcha Yevropa va Osiyo tillarida), shuningdek bu tillarni o’rganishga doir ma'lumotnoma va o’quv kitoblarini, gazeta-jurnal nashrlarini olish
mumkin; tel.: 239-47-10.
*Madaniyat va san'at bo’yicha ilmiy axborot bo’limidan musiqa, musiqachilar, notalar va partituralar haqidagi axborotni topish, shuningdek musiqa asarlari yozuvlarini tinglash mumkin: 3-qavat, 81-xona, B blokning asosiy
binosi; tel.: 239-40-56.
*Milliy bibliografiya bo’limidagi "O’zbekiston" kartotekasidan O’zbekiston bo’yicha axborot olish mumkin (davriy matbuotdagi respublika to’g’risidagi maqolalar bibliografiyasi). Bu yerda Siz shuningdek "... yil mustaqil O’zbekistonning ajoyib va unutilmas sanalari" ma'lumotlar bazasidan foydalanishingiz mumkin; 3-qavat, 68-xona, B blokning asosiy
xonasi; t.: 239-44-50.
* Yoshlar axborot-resurs markazi yoshlarga (14 yoshdan boshlab) yordam beradi. Bu yerda ma'lumotnoma, o’quv va ta'lim nashrlari hamda davriy nashrlar mavjud. O’quv zali va katalog birinchi qavatda joylashgan. 7-xona.
tel.:239-48-75
*Ikkinchi qavatdagi Mediamarkaz zalida hujjatlarni skanerlash va bosib chiqarish xizmatlaridan, shuningdek Internetdan foydalanish mumkin: 2-qavat, 51-xona, B blokning asosiy binosi. Bu yerda shuningdek EBSCO Publishing (dunyo jurnallari) va ProQuest (dissertasiyalar) ma'lumotlar bazasidan to’liq matnli shaklda foydalanish, shuningdek o’quv-ma'rifiy dasturlarni tanlash va xorijiy tillar, tarix, fizika va hokazo fanlar bilan kompyuterda shug’ullanish
mumkin. tel.: 239-41-18; 236-18-65.
*O’zbekistonda va MDH mamlakatlarida nashr etilgan jurnallar va gazetalarni X. Sulaymonova ko’chasi, 33-uyda joylashgan binoning davriy nashrlar bo’limidan va o’quv zalidan olish
mumkin. tel.: 232-06-19.
*Agar Sizga normativ-texnik va ilmiy-texnologik hujjatlar zarur bo’lsa, Siz G'.Mavlonov ko’chasi, 1a-uyda joylashgan binodagi normativ-texnik hujjatlar va sanoat-kataloglari bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin, tel.: 135-07-42. Bo’lim respublika korxonalari va tashkilotlariga ma'lumotnoma-axborot xizmatlari ko’rsatadi va bu bilan ishlab chiqarish samaradorligi oshishiga va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashga ko’maklashadi.
*Agar Sizga zarur kitob kutubxonada bo’lmasa, bu kitobni boshqa kutubxonadan olish mumkin. Buning uchun Siz kutubxonalararo abonement bo’limiga murojaat qilishingiz kerak (ikkinchi qavat, B blokning asosiy binosi) 50-xona.
tel.: 239-47-01.
**Agar Siz kitob ustidagi ishni tamomlamagan bo’lsangiz, u kitobni Siz uchun saqlash va 5 kun mobaynida o’quv zalining kitob berish kafedrasida qoldirish mumkin.
**Kitobga joriy buyurtmalarni qabul qilish kutubxona yopilishidan 1 soat oldin to’xtatiladi.
**Kutubxonada har qanday kitobning kseronusxasini olish va ularni skanerlash mumkin. Nodir kitoblar va qo’lyozmalar bo’limidagi nashrlar; muqovalangan gazeta va jurnallarni maxsus ruxsatnoma hamda maxsus skanerlar orqaligina kseronusxalarini olish mumkin. (Muqovalanmagan davriy nashrlar kseronusxa qilinadi).
**Agar Siz kutubxonadan olgan kitob tasodifan yo’qotilsa yoki Siz tomoningizdan kitobga shikast yetkazilsa, u holda "Foydalanish qoidalari"ga muvofiq Siz xuddi shunday kitob yoki uning nusxasi shaklida yoki nashrning bozor qiymati haqini to’lab kutubxonaga yetkazilgan zararni qoplashingiz zarur.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi bayram kunlaridan tashqari har kuni soat 9.00 dan 20.00 gacha
ishlaydi.
Shanba va yakshanba kunlari o’quv zallari va kataloglar zali soat 9.00 dan 17.00 gacha ishlaydi.
Milliy bibliografiya bo’limi hamda Chet el adabiyoti va xorijiy aloqalar bo’limi shanba kuni soat 9.00
dan 17.00 gacha ishlaydi, yakshanba kuni - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi ish kuni kutubxonada - tozalik kuni.
Bizning manzil:
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi
O’zbekiston, 700047, Toshkent, Xorazm ko’chasi, 51.
Tel.: (998+71) 239 47 09, 239 11 38, 239 48 75, Faks: (998+71) 233 09 08.
E-mail: navoi@tshtt.uz
Internetdagi manzilimiz: http://www.natlib.uz
(Mo'ljal: Radiochilar uyi)