Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi pokistonlik sharqshunos olim Orif Naushaxiyning kitobi bilan boyidi
02.05.2019

“Central Asia–2019. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi pokistonlik sharqshunos olim Orif Naushaxiy o‘zining musulmon olamining ulug‘ mutasavvif donishmandlaridan biri  Xoja Ahror Valiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitobini hadya etdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Komil Yormatov-qalbimizda, yuragimizda” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma
02.05.2019

2019 yil 2 may kuni “Ijod” o‘qish zalida o‘zbek kinorejissyori, O‘zbekiston xalq artisti Komil Yormatov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Komil Yormatov-qalbimizda, yuragimizda” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Unda taniqli rejissyorning hayoti va faoliyatini yorituvchi kitoblar va fotosuratlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida vaqtli matbuot nashrlarining press.natlib.uz bazasi
02.05.2019

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida interaktiv xizmat - vaqtli matbuot nashrlarini  o‘zida jamlagan “Milliy nashrlarning elektron arxivi” (http://press.natlib.uz) bazasi mavjud. Bazaning yaratilishidan maqsad mavjud vaqtli nashrlarni tizimlashtirish, maqolalarni izlashni osonlashtirish, retro nashrlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada rivojlantirishdan iborat.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2019 yil aprel oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari
01.05.2019

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 225 250 nafar foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 657 nafar foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

2019 yilning aprel oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 1991 shundan chet el fuqorosi 29 nafar.

Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:

Talaba - 548;

O‘quvchi – 903;

Abituriyent – 284;

E’LON
29.04.2019

2019 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida profilaktika va sanitariya ishlari munosabati bilan «Tozalik kuni» e’lon qilinadi. Ushbu kunda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM