Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Baxtni kuylagan yozuvchi“ deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
07.05.2019

2019 yil 7 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston“ o‘qish zalida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan  “Baxtni kuylagan yozuvchi“ deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
07.05.2019

2019 yil 7 may  kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada o‘zbek xalqi o‘g‘lonlarining fidokorona jasoratlari, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, mehribon singillar va vafodor ayollarning front orti jobozliklari va jangohlarda o‘g‘illarini yo‘qotgan mushtipar onalarning motamlari aks ettirilgan asarlar va fotosuratlar o‘rin olgan.

E’LON!
07.05.2019

2019 yil 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi. Ushbu kun bayram - dam olish kuni hisoblanadi. O‘zR Mehnat Kodeksining 121–moddasiga asosan 8 may bayram arafasidagi ish kuni bir soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga soat 19:00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’muriyat

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida talabalarning an’anaviy mediakonferensiyasi bo‘lib o‘tdi
06.05.2019

2019 yil 6 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida talabalarning an’anaviy media-konferensiyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiluvchi media-konferensiya bu yil yangi formatda jurnalistika va OAV sohasidagi ekspertlar ishtirokida,  yangi  media startup loyihalari taqdimoti shaklida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Radost Slova” Xalqaro kitob ko‘rgazmasi-forumi o‘tkazildi
03.05.2019

2019 yil 3 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Radost Slova” Xalqaro kitob ko‘rgazmasi – forumi o‘tkazildi. Tadbirda Rus Pravoslav Cherkovi ruhoniylari, taklif etilgan mehmonlar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM