Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘quvchilarining innovatsion g‘oyalari takdimoti bo‘lib o‘tdi
15.05.2019

2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sharq Ayoli” Xalkaro Ayollar Jamoat Fondi, Toshkent shaxar Xalk ta’limi boshkarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi  va Kichik maktab Akademiyasi bilan hamkorlikda navbatdagi Ekspertlar ilmiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shaxar 64-son maktab o‘quvchilarining eng yaxshi ilmiy ishlari takdim etildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro oila kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
15.05.2019

2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kashfiyot” o‘qish zalida BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro oila kuni to‘g‘risida qabul qigan rezolyusiyasiga ko‘ra, 1993 yildan buyon 15 may kuni nishonlanib kelayotgan Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat”  deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi qozoq yozuvchilari asarlari bilan boyidi
10.05.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi qozoq yozuvchilarining xorijiy tillardagi yangi nashrlari bilan boyidi. Kitoblar Qozog‘iston Milliy Akademik Kutubxonasi tomonidan hadya etildi. Ingliz, fransuz, ispan, xitoy va arab tillariga tarjima qilingan kitoblar “Astana-Personal” nashriyoti tomonidan “Global dunyoda zamonaviy qozoq madaniyati” loyihasi doirasida nashr etildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Bukvar” kitobining dunyodagi ilk faksimile nashri bilan boyidi
10.05.2019

“Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi qatnashchisi Belarus Milliy kutubxonasi direktori Roman Motulskiy O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga “Bukvar” kitobining dunyodagi ilk faksimile nashrini hadya etdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” deb nomlangan tadbir
07.05.2019

2019 yil 7 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda, “Komil inson – millat kelajagi” ijodiy guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh xodimlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy muhitni yanada kuchaytirishga qaratilgan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM