Очистить

Ukrain shoiri va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko tavalludining 202 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha bo'lib o'tdi
11.03.2016

2016 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoiri va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko tavalludining 202 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi Ukraina Respublikasi elchixonasi va “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar, shoilar, musiqiy jamoalar, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrain millati vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning fiqh asoslariga bag‘ishlangan kitoblari bilan to‘ldirildi
10.03.2016

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) va “Yulduzlarning chiqishi va ilmlarning to‘planish joyi” (“Matla an-nujum va majma al-ulum”) kitoblari bilan to‘ldirildi. 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
10.03.2016

2016 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “YS – your school” ingliz tili so‘zlashuv klubining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni ommalashtirish va rivojlantirish markazi “YS – your school” tomonidan tashkil etilgan tadbirda ingliz tili so‘zlashuv klubining doimiy a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida estrada xonandasi Shuhrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
05.03.2016

2016 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida estrada xonandasi Shuhrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda san’atshunos olimlar, shoirlar, bastakorlar, musiqachilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi Lesya Ukrainkaning 145- yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘td
26.02.2016

2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi, dramaturg, tanqidchi, jamoat arbobi Lesya Ukrainkaning 145-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Ukrainaning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari, “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi qatnashchilari, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrainlar hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi. 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM