Очистить

Yangi o‘quv yili – yangi foydalanuvchilar
19.09.2019

Har yili yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ro‘yxatdan o‘tuvchilar soni keskin oshib bormoqda. Milliy kutubxonaga odatda kuniga 120-150 kitobxon a’zo bo‘lsa, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan esa kuniga 250-350 kitobxon a’zo bo‘lmoqda. Ro‘yxatdan o‘tayotgan kutubxona foydalanuvchilariga kutubxona faoliyati, yangiliklaridan xabardor bo‘lishlari uchun @natlib.uz. manzili orqali telegramm-botiga ulanishlari tavsiya etilmoqda. Bugungi kunda Milliy kutubxonaga umumiy a’zo bo‘lganlar soni 235 025tashkil etadi.

Kitobxonlar uchun onlayn mutolaa
19.09.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati tomonidan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kitob va gazetalarning elektron nusxalarini saytimiz orqali berib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Milliy kutubxonada “Ochiq eshiklar” haftaligi doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari bilan tanishing
19.09.2019

Milliy kutubxonada o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” haftaligi doirasida “Sevimli qahramonimga maktub” deb nomlangan tanlov bo‘lib o‘tdi va tanlov natijasiga ko‘ra eng yaxshi mazmunli yozilgan maktub g‘oliblari qo‘yidagi o‘quvchilar deb topildi:

Milliy kutubxonada saqlanayotgan qo‘lyozmalar va nodir nashrlar Ma’lumotlar bazasidan foydalaning
18.09.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqshunos olimlar, tarixchilar va qadimgi davr qo‘lyozmalari, toshbosma va bosma nashrlarda muhrlangan madaniy-tarixiy merosimizni o‘rganuvchi mutaxassislar manfaatini ko‘zlagan holda, nodir kitoblar katalogi va elektron matnlar  bilan tanishish imkonini beruvchi «Nodir nashrlar va qo‘lyozmalar» Ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur  yordamida foydalanuvchilar nodir nashrlar katalogi va  raqamlashtirilgan materiallar bilan tanishishlari mumkin.

Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Rozi Grinlis xonimning Milliy kutubxonaga tashrifi
17.09.2019

2019 yil 15 sentabr kuni Butunjahon hunarmandlar kengashi (World Craft Council International) prezidenti Rozi Grinlis (Rosy Greenlees) xonim O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi vakillari hamrohligida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ham tashrif buyurdi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM