Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Zakovat” intellektual turnirning final bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Zakovat” intellektual turnirning final bosqichi bo‘lib o‘tdi
12.02.2019

2019 yil 12 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi shahar kengashining Shayxontohur tumani bo‘limi bilan hamkorlikda tuman maktab jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining final boskichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qullab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-ahlokiy va jismoniy barkamol etib, tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi boskichga kutarish chora-tadbirlar tugrisida”gi PK-3907-sonli Qarori ijrosini ta’minlash o‘quvchi-yoshlarning iqtidori va iste’dodini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

“Zakovat” intellektual turnirning yakuniy bosqichida Shayxontohur tumani maktablaridan yettita jamoa ishtirok etdi. Bular:

320 - umumta’lim maktabining “Yulduzlar” jamoasi

157- umumta’lim maktabining “O‘zbekiston yoshlari” jamoasi

41- umumta’lim maktabining “Faol yoshlar” jamoasi

59 - Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining “Iftixor” jamoasi

19 - umumta’lim maktabining “Liderы XXI veka” jamoasi

316 - umumta’lim maktabining “Alp Jamol” jamoasi

180A - umumta’lim maktabining “Tafakkur” jamoasi

Jamoalar navbatma-navbat berilgan savollarga o‘z javoblarini maxsus qog‘oz blanklarga yozgan holda taqdim etdilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ochkodan berildi. Yakunda eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan jamoa g‘olib bo‘ldi. Umumiy natijalarga ko‘ra, 320-maktabning “Yulduzlar” jamoasi 12 ochko bilan 1-o‘rinni, 41-maktabning “Faol yoshlar” jamoasi 11 ochko bilan 2-o‘rinni, 157-maktabning “Uzbekistan yoshlari” jamoasi 10 ochko bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Tadbir yakunida g‘olib jamoa “Zakovat” intellektual o‘yini kubogi, ishtirokchi jamoalar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM