Bosh sahifa > YANGILIKLAR > «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Elektron hukumat markazining aholiga interfaol xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona portalning taqdimoti

«INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Elektron hukumat markazining aholiga interfaol xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona portalning taqdimoti
28.10.2014

2014 yil 27 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Elektron hukumat markazining aholiga interfaol xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona portalning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
Unda soha mutaxassislari va mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdi. Taqdimotni Davlat interaktiv xizmatlar ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i G‘oipov Qobiljon Hakimovich olib bordi.

Bilamizki, mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. Jumladan, AKTni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, tashkiliy sharoitlar mustahkamlandi. Pirovardida sohada izchil o‘zgarishlar kuzatildi, interaktivlik kuchaytirildi, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi bir qancha yangi xizmat turlari yuzaga keldi.

Taqdimot “Elektron hukumat” tizimi rivoji qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan elektron shaklda aloqaga o‘tishni ta’minlash, davlat interaktiv xizmatlari sifatini yaxshilash masalalariga bag‘ishlargan.
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalining ochilishi O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tarmog‘ining shakllanishida muhim qadam bo‘ldi. Resursning maqsadi: aholi va davlat organlari o‘rtasida biznesni yengillashtirish va davlat xizmatlarini yangi pog‘onaga ko‘tarish.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM