Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ulug‘lar izidan” deb nomlangan mushoira kechasi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ulug‘lar izidan” deb nomlangan mushoira kechasi
04.02.2019

2019 yil 4 fevral kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ulug‘lar izidan” deb nomlangan mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi Qozoq milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir o‘zbek millatining atoqli shoiri, davlat arbobi va mutafakkiri Alisher Navoiy qozoq shoiri Muqag‘ali Maqatoev tavalludiga bag‘ishlandi.

Boshlovchilar shoirlarning hayotining yorqin sahifalari haqida so‘zlab berishdi. Agar jahonning ko‘plab xalqlari adabiyoti va madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk shoir Alisher Navoiy nafaqat shoir, balki arxitektura, badiiy hunarmandchilikning homiyi hisoblansa, XX asr o‘rtalarida Qozog‘iston she’riyatining yorqin ijodi bilan yoritgan Muqag‘ali Maqataev o‘zidan so‘ng chuqur ma’no, samimiy va lirik asarlarni qoldirga shoir sifatida qadrlanadi. 9 fevralda tug‘ilgan bu ikki millat shoirlarini o‘z xalqiga sadoqati, adabiyotga bo‘lgan cheksiz muhabbati va adolat uchun kurashi bilan birlashtiradi.

Tadbirda Toshkent davlat pedagogika universiteti qozoq filologiyasi fakulteti talabalari va Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 17-umumta’lim maktabi o‘quvchilari adiblar hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berdilar, ularning ijodlaridan namunalar o‘qidilar, ular hayoti va ijodini yorituvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar, ular she’rlariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar ijro etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM