Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan 6 oylik hisobot tinglandi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan 6 oylik hisobot tinglandi
28.06.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 17 dekabrdagi PQ-2088-son qarori asosida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona”si loyihasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2018-2019 yillarda amalga oshirish mo‘ljallangan. Uning doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  Raqamlashtirish va skanerlash markaz va Multimedia markazi tashkil etilmoqda.  “Milliy umumta’lim elektron kutubxona”si loyihasi doirasida bugungi kunda zaruriy texnik jihozlarni joylashtirish uchun birlamchi LG CNS kompaniyasi tomonidan ishlar yakuniga yetkazilmoqda.

Mazkur loyiha yuzasidan 2018 yil 28 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha LG CNS kompaniyasi mutaxassislari tomonidan  bajarilgan ishlar yuzasidan 6 oylik hisobot tinglandi.

Yig‘ilish yakunida loyihaning kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida soha mutaxassislari bilan savolnomalar o‘tkazildi va takliflar kiritildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM