Bosh sahifa > YANGILIKLAR > “Davlat bibliografik hisobini yuritishda oliy ta’lim tizimidagi ARMlarning o‘rni”  mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

“Davlat bibliografik hisobini yuritishda oliy ta’lim tizimidagi ARMlarning o‘rni”  mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
15.05.2018

2018 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “Davlat bibliografik hisobini yuritishda oliy ta’lim tizimidagi ARMlarning o‘rni”  mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Toshkent shahar “Bilim” AKM, Toshkent viloyati  “Turon” AKM, oliy ta’lim tizimidagi Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari ARMlardan jami 42 ta mutaxassislar ishtirok etdi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan kitoblar, vaqtli nashrlardagi ilmiy maqolalar katalog va kartotekalarini yuritayotgan, hamda ushbu vazifaga mas’ul bo‘lgan ARM mutaxassislari bilan hamkorlikda ishni yo‘lga qo‘yish sohaning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Tadbirning o‘tkazilishidan maqsad Toshkent shahri va Toshkent viloyati axborot-kutubxona markazlarining o‘zaro hamkorligi asosida bibilografiya ishini rivojlantirishdan iborat.

 

Tadbirda Milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakllantirish xizmati rahbari Sh. Raximova “Davlat bibliografik hisobini yuritish”, milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakllantirish xizmati bosh mutaxassisi N.Alautdinova “Davlat standartlariga muvofiq maqolalarni analitik tavsiflash qoidalari”, milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakllantirish xizmati yetakchi mutaxassisi M. Hidoyatova  “Shaxsga oid to‘liq matnli bibliografik disklar yaratish” mavzularida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

 

Seminar yakunida soha kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida ARM mutaxassislari bilan savolnomalar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM