Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sport sharxlovchisi S.Danilovni xotirlab “On pokoryal stadionы igroy i perom” (U o‘z o‘yini va qalami bilan sport maydonlarini  zabt etgan) deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sport sharxlovchisi S.Danilovni xotirlab “On pokoryal stadionы igroy i perom” (U o‘z o‘yini va qalami bilan sport maydonlarini  zabt etgan) deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
14.05.2018

14 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sport sharxlovchisi S.Danilovni xotirlab “ On pokoryal stadionы igroy i perom” (U o‘z o‘yini va qalami bilan sport maydonlarini  zabt etgan) deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu yil yarim asrlik tajribaga ega bo‘lgan ajoyib jurnalist, ustoz, sportchi, nafaqat ommaviy axborot vositalarida, balki O‘zbekiston sport tarixida yorqin iz qoldirgan Sergey Danilov 70 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.

Tadbir avvalida “Muruvvat” ijodiy guruhi tomonidan yaratilgan “U o‘z o‘yini va qalami bilan sport maydonlarini  zabt etgan” hujjatli filmi namoyish etildi. Tadbirga yig‘ilgan Sergey Danilovning do‘stlari, izdoshlari, hamkasblari, yaqinlari va tanishlari o‘zlarining yorqin xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

“Sergey Danilov maktab yillaridayoq basketbol va shaxmat bilan shug‘ullanar edi. 110-sonli maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universitetining mexmat fakultetiga o‘qishga kirdi. Universitet terma jamoasi tarkibida Sergey deyarli barcha universitetlararo, tuman va shahar musobaqalarida, keyinchalik esa halqaro sport o‘yinlarida qatnashgan. Murabbiylarining tavsiyasiga ko‘ra u tahsilni Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida davom ettirdi. O‘qishni tamomlar ekan, u yetuk sporchi, ko‘plab sport mukofotlari va yutuqlari sorindori, shu jumladan, sport ustasi unvonini ham olgan edi”, - deya xotirladi jurnalist Ilmira Zaynutdinova.

“Sportdagi ko‘nikmalar bolalik davrida, ko‘pincha maktabda shakllanadi. Shaxsan men beshinchi sinfda jismoniy tarbiya o‘qituvchimga  meni basketbol to‘garagiga yozib qo‘yishini so‘raganman. Keyinchalik ular voleybol va qilichbozlikka, hatto futbol darvozaboni bo‘lishni taklif qilishgan. 1962 yilda Toshkentning “Paxtakor” jamoasining o‘yinlarini o‘tkamaslikka harakat qilar edik. Ertalabdan do‘stlarim bilan, “Paxtakor” darvozasidan oshib o‘tib, daraxtlar soyasida yashirinib olib, imkoniyati tu0ilgan zahoti stadionga “quyon” bo‘lib kirib olar edik. Yaxshiyamki, skameykalar bemalol bo‘lar edi. O‘sha yillari, ayniqsa, respublikamizning asosiy jamoasi “Paxtakor” uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘lgani uchun stadion deyarli doimo to‘la bo‘lar edi. Lekin men uchun hayotimda basketbolning o‘rni bo‘lakcha”. Sergey Danilovning “Toshkent oqshomi” gazetasidagi maqolasidan (fevral 2009 yil)

 

Jurnalist Baris Babaev Sergey Danilovning jurnalistik faoliyatini alohida ta’kidlab, dedi: U “O‘zbekiston sportchisi” (“Sport”), “Xalq so‘zi”, “Trud” (O‘zbekistondagi vakolatxonasida), “Uzbekiston Tudey” gazetalarida ishlagan. Jamoatchilik bilan faol shug‘ullangan - sog‘lom turmush tarzi va sport jamiyatlari mehnatkashlari jamoasini shakllantirish bo‘yicha ma’ruzalar bilan viloyatlarda ma’ruzalar qilar. Uni turli viloyatlarga sport sharhlovchisi, radioda sharhlovchi sifatida taklif qilishar edi. U ko‘p marotaba basketbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey sport o‘yinlari  federatsiyalariga vakil va targ‘ibot komissiyalari raisi sifatida saylangan. O‘bekiston professional boks federatsiyasi ijroiya qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, u O‘zbekistonning taniqli sportchilari haqida kitoblar va filmlar muallifidir”.

O‘zbekiston sportini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun S.Danilovga faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Milliy olimpiya ko‘mitasi tarkibida futbol, basketbol, tennis, kurash, boks federatsiyalari vakili sifatida bir necha marotaba eng yaxshi sport jurnalist deb tan olingan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM