Bosh sahifa > YANGILIKLAR > “Vneshnyaya politika stran SNG” (MDH mamlakatlari tashqi siyosati) nomli kitobi taqdimoti

“Vneshnyaya politika stran SNG” (MDH mamlakatlari tashqi siyosati) nomli kitobi taqdimoti
14.05.2018

2018 yil 14 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida professor I.R.Mavlonovning xammualliflikdagi “Vneshnyaya politika stran SNG” (MDH mamlakatlari tashqi siyosati) nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob I.R.Mavlonovning MDH davlatlaridan Xalqaro mualliflar jamoasi bilan hammualliflikda nashr etildi. Nashr MDH hududida integratsiya jarayonlari va Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi siyosatiga bag‘ishlangan.

 

Tadbirni iqtisodiyot fanlari doktori Sh.Sharifxodjaev olib borar ekan, avvalambor uning dolzarbligi va maqsadi haqida gapirdi. Shuningdek taqdimotda iqtisod fanlari doktori, professor B.Islomov, akademik S.G‘ulomov, iqtisod fanlari doktori Sh.Yovqochev, iqtisod fanlari doktori, professor R.Shodiev va boshqalar so‘zga chiqib, kitobxonlarni nashrning mohiyati, ahamiyati, tuzilishi va mazmuni bilan tanishtirdilar.

 

Kitob muallifi I.Mavlonov kitobda MDHga a’zo barcha davlatlardan vakillik qilayotgan xalqaro mualliflar jamoasi so‘nggi asrning oxirgi choragida ishlab chiqilgan tashqi siyosat yondashuvlarini bayon etganliklarini ta’kidlab, dedi: “Kitobning birinchi qismida MDHning tashkiliy tuzilish jarayoni, MDH hududida iqtisodiy integratsiya, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning harbiy-siyosiy integratsiyasi tasvirlangan bo‘lsa, keyingi qismlarida Yevropa davlatlari, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosati tasvirlangan. Kitobning tuzilishi mamlakatlar tashqi siyosatining asosiy parametrlarini: tashqi siyosat kursini belgilab beruvchi omillar, konseptual asoslar va vazifalar, diplomatiyaning asosiy yo‘nalishlari va MDH mamlakatlari tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishga, baholashga va osongina o‘zaro solishtirishga imkon beradi”. 

 

“MDH mamlakatlari tashqi siyosatining muammoli masalalarini, integratsiya jarayonlarini, xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqish jarayonida MDHning turli mamlakatlaridan xalqaro ekspertlarning, ularning milliy manfaatlarini aks ettirgan turli nuqtai nazarlari keltirilgan. Har bir bobning oxirida nazorat savollar va adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Mazkur kitob MDH mamlakatlarida "Xalqaro aloqalar", "Siyosatshunoslik", "Xorijiy mintaqaviy tadqiqotlar" yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar va aspirantlar uchun mo‘ljallangan”, - dedi akademik S.G‘ulomov.

 

Ushbu bosma nashrdan tashqari, MDH davlatlarining tashqi siyosat doktrinalari, rasmiy hujjatlar, MDH mamlakatlari va ular o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlari, MDH mamlakatlari va BMT BAning savdo-iqtisodiy aloqalari faoliyati aks ettirilgan ma’lumotlari keltirilgan elektron daliliy ilova mavjud.

Tadbir ishtirokchilari muallifga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar va batafsil javob oldilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM