Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Aichi san’at universiteti (ACU) delegatsiyasining O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi

Aichi san’at universiteti (ACU) delegatsiyasining O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi
11.05.2018

2018 yil 11 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Nagoya Universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamrohligida Aichi prefekturasi universitetlari korporatsiyasi boshqaruv raisi boshchiligidagi Aichi san’at universiteti (ASU) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

 

 

Delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi maqsadi – qadimiy o‘zbek qog‘ozi tarixi va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq tadqiqotni amalga oshirish hamda qadimgi o‘zbek qog‘ozi bilan jahon xamjamiyatini tanishtirish va qog‘oz orqali o‘zbek ilm-fani, madaniyati va miniatyura san’atining sharq va g‘arbga tarqalganligini e’tirof etishdan iborat bo‘lsa, O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi hamkorlik masalalarini muhokama qilish, kutubxonada saqlanilayotgan qadimgi va noyob qo‘lyozmalar bilan tanishish, ularni tadqiqot qilish, saqlash va qayta tiklash masalalariga doir muhokamalar o‘tkazishdir.

 

Eksursiya davomida delegatsiya a’zolariga kutubxonaning tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or innovatsion texnologiyalar, Milliy kutubxonaning xalqaro aloqalari haqida ma’lumot berildi. Delegatsiya a’zolari qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar bo‘limiga ham tashrif buyurdilar. Bu yerda ular qadimiy litografik va bosma nashrlar, xaritalar, noyob kitoblar bilan ham tanishdi. Tashrif doirasida Aichi san’at universiteti (ASU) delegatsiyasi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida madaniy va gumanitar sohada o‘zaro hamkorlik masalalari, hamda ta’lim va fan yo‘nalishida istiqbolli aloqalar o‘rnitish imkoniyatlari muhokama qilindi.  

 

Tashrif so‘ngida qadimiy o‘zbek qog‘ozini tadqiqot qilish loyihasi rahbari, Aichi san’at universiteti professori Kodji Shibazaki qabul uchun minnatdorchilik bildirdi, o‘z taassurotlarini izhor qildi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ravnaqiga muvaffaqiyatlar tiladi.

 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM