Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Tojikiston Milliy kutubxonasi tuhfa etgan kitoblar bilan boyidi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Tojikiston Milliy kutubxonasi tuhfa etgan kitoblar bilan boyidi
08.05.2018

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Tojikiston Milliy kutubxonasi tuxfa etgan kitoblar bilan boyidi. “Central Asia–2018. FAN, TAʹLIM, MADANIYAT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XII Xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi Tojikiston Milliy kutubxonasi “Muassasai davlatii kitobxonai Milli Tochikiston”, “Merosi farhangi g‘ayrimoddy dar Tochikiston”, “Navro‘z qadima va muosir”, “Farxundapay”, “Devoni imlo”, Saki-name v sisteme persidsko-tadjikskoy literaturi XVI-XVII vekov”, “Devoni imlo”, “Ahmadi Donish va afkori cham’iyativu siyosii osiyoi markazi dar nimai duvvumi asri XIX – ibtidoi asri XX”, “Moy tadjikskiy narod”, “An’ana va merosbary dar farhangi teatriyu musiqii mardumoni Osiyoi Markazy: diro‘z va imro‘z”, “Ahmad maxdumi donish va xoriqai ta’rixii farhangi tochikon”, “Manozir ul-kavokib” kitoblarini tuxfa etdi.
Mazkur nashrlar kitobxonlarni tojik xalqining allomayu mutafakkirlari va ularning falsafiy, siyosiy qarashlari, ilm-fani, san’ati va madaniyati namoyandalari hayoti va faoliyati bilan tanishtiradi. Tojik tilidagi mazkur nashrlar Tojikistonning siyosiy ahvoli va iqtisodiy rivojlanishi, huquqiy me’yorlari, davlat tuzilishi va boshqaruvi, urf-odatlari va an’analari, madaniyati va tarixi haqida hikoya qiladi.
Kitoblar keng kitobxonlar ommasining dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviyatini yanada boyitish va Tojikistonga bo‘lgan qiziqishlarini qondirishga xizmat qiladi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM