Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Serqirra bilim sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Serqirra bilim sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmasi ochildi
20.04.2017

2017 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ilm” o‘qish zalida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, genetik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom Abram Malsev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Serqirra bilim sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli  ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada olimning hayoti va ijodini yorituvchi kitoblar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, genetik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom Abram Moiseevich Malsev 1897 yil 20 aprel kuni Dog‘iston Respublikasi Cheryurt shahrida tavallud topgan. U 1928 yilda O‘rta Osiyo universitetining qishloq xo‘jaligi fakultetini tugatgan. 1928 – 1931 yillarda SoyuzNIXI Markaziy seleksiya stansiyasida assistent, 1932-1937 yillarda esa stansiya direktori, 1937-1940 yillarda O‘zSSR Yer ishlari xalq komissari o‘rinbosari, 1940-1941 yillarda O‘zSSR Davlat nazorati qishloq xo‘jaligi guruhining bosh nazoratchisi, 1942—1955 yillarda SoyuzNIXI direktori, 1956—1963 yillarda Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chilik kafedrasi dotsenti va mudiri bo‘lib ishlagan. Uning  ilmiy ishlari g‘o‘za genetikasi, urug‘chiligi, biologiyasi, sistematikasi va geografiyasi masalalariga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, genetik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom Abram Malsev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan, “Serqirra bilim sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar olimning  “G‘o‘za”, “G‘o‘za va uning turlari, tuzilishi va rivojlanishi”, “Paxtachilik”, “Genetika, selleksiya i semenovodstvo xlopchatnika”, “Chto takoe seleksiya i semenovodstvo xlopka?”  nomli kitoblari va ilmiy risolalari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM