Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona mutaxassislarining axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirish masalalarida malakasini oshirish bo‘yicha trenerlar uchun treninglar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona mutaxassislarining axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirish masalalarida malakasini oshirish bo‘yicha trenerlar uchun treninglar o‘tkazilmoqda
19.04.2017

2017 yil 17-24 aprel kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axborot-kutubxona sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish davrida O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalari ishiga axborot madaniyati va mediasavodxonlikni qo‘llash sohasini kengaytirish” loyihasi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tmoqda. 

 IFLA va "Axborot hamma uchun" YuNESKO Dasturining Rossiya ko‘mitasi doimiy a’zosi, ekspert, Kemerovo davlat madaniyat va san’at universiteti, ijtimoiy soha axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor N.I.Gendina va «Maktab o‘quvchisining axborot madaniyati» o‘quv-uslubiy majmuasi taqdimoti hammuallifi Ye.Kosolapova tomonidan olib borilgan treninglarda respublika axborot-kutubxona muassasalarining 30 nafar mutaxassislari ishtirok etdilar.

Treninglar ishini ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasining madaniyat, kommunikatsiya va axborot masalalari bo‘yicha bo‘lim rahbari S.Allayorov, axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish va axborot va mediasavodxonlikni uzviy bog‘liqlikda o‘rganish muhimligini ta’kidladi.

 

“Inson ongiga turli yo‘llar, axborot tashuvchilar orqali ta’sir qiluvchi axborotlarning ko‘payib, axborot xuruji avj olayotgan bir davrda, bu muammo bolalar bilan ko‘proq ishlashni taqozo etadi. Mazkur masalani hal etishda ta’lim muassasalari bilan bir qatorda tegishli resurslarga, axborot madaniyatini shakllantirish tajribasi bor malakali kadrlarga ega bolalar va maktab kutubxonalari xizmat qiladi,” - dedi o‘z chiqishida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ilmiy-pedagogik kutubxonasi metodika bo‘limi rahbari R.Ratner.

 

Treningni ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori vazifasini bajaruvchi U.Teshabaeva O‘zbekiston Milliy kutubxonasi respublikamizda axborot-kutubxona sohasida dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va soha mutahassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish borasida O‘zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan turli tadbirlar tashabbuskori hisoblanishini e’tirof etdi.

Trening doirasida mutaxassislar “Media savodxonlik va shaxsning axborot madaniyati sohasida xalqaro yetakchi yo‘nalishlar” va “Shaxsning axborot madaniyati: uning tamoillari, mohiyati va tadbiq etish shartlari” kabi mavzular bilan tanishdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM