Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrigi!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrigi!
18.03.2017

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.

Hurmatli foydalanuvchilar, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Sizlarni bahoriy ayyom – Navro‘z bayrami bilan muborakbod etadi. O‘zbekistonda Navro‘z bahorning boshlanishi va tabiatning uyg‘onishi bayrami sifatida nishonlanadi. U hayotning tantanasi, mo‘l hosillik yilga umid ramzidir. Bu umuxalq bayrami xalqimiz qalbida ezgulik, mehr-oqibat, insoniylik tuyg‘ularini uyg‘otuvchi asl milliy bayram hisoblanadi, tabiatning uyg‘onishi va dala ishlarining boshlanishidan darak beradi.

Qadrli do‘stlar! Bahoriy bayram sururi har biringizni yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undayversin. Doimo xonadoningizdan qut-baraka, qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin. Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda ijodiy barkamollik tilaymiz!

 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston 

Milliy kutubxonasi jamoasi

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM