Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Navro‘zingdan aylanay!” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Navro‘zingdan aylanay!” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi
17.03.2017

2017 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Navro‘zingdan aylanay!” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada taniqli san’atkorlar va Toshkent shahar kolledjlari o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti bosh muharriri Sh.Qurbon kutubxona mehmonlarini bahor, yosharish, yangilanish va nafosat bayrami Navro‘zi ayyom bilan qutladi va yoshlarni ma’naviy kamolotida kitoblar va kutubxonalarning rolini alohida e’tirof etdi. “Navro‘z o‘lkamiz bo‘ylab kezmoqda, barchaning yuzida bahoriy kayfiyat, milliy taomlarimiz dasturxonlarni bezamoqda, doshqozonlarda sumalaklar qaynamoqda, bobo dehqonlar chigit ekish taraddudida. Bular hammasi biz shoir va yozuvchilarni ruhlantirmay qolmaydi”, dedi u va o‘zining bahor ayyomiga atalga she’rini o‘qib berdi.

Adabiy-badiiy kechada xonandalar Muhammadjon Shokirov, Gulnoza Boymirzaeva, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent shahar tibbiyot va Shayxontohur tuman O‘quv-davolash kolledji o‘quvchilari   o‘zlarining bahor, Navro‘z va Vatanni tarannum etuvchi she’r, kuy va qo‘shiqlarini taqdim etdilar.  V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqiy akademik litseyi xalq cholg‘u ansambli ishtirokchilari esa o‘zbek xalq quy va qo‘shiqlaridan iborat dastur bilan ishtirok etdilar.

Bayramona ruhda o‘tgan adabiy-badiiy kecha barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi va katta taassurot uyg‘otdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM