Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Millionlarni maftun etgan futbol” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Millionlarni maftun etgan futbol” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
17.03.2017

2017 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘quv zalida o‘zbek futboliga bag‘ishlangan “Millionlarni maftun etgan futbol” deb nomlangan  kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada dunyodagi eng ommabop sport turi - futbol tarixi, kechasi va buguni haqida hikoya qiluvchi kitoblar, futbol maydonidagi qiziqarli lahzalarni muhrlagan foto suratlar taqdim etilgan.

18 mart O‘zbekistonda milliy futbol kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur sanaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 18 martdagi 144-sonli “O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori zamin yaratdi va O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish tashkiliy asoslarini va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi. Unga asosan O‘zbekistonda ko‘plab futbol maktablari, maxsus sport maktab-internatlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari ochildi, O‘zbekistonda futbolni rivojdantirish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi.   

O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish mavzusiga bag‘ishlangan “Millionlarni maftun etgan futbol” deb nomlangan  kitob-rasmli ko‘rgazmada mashxur futbol tarixi, futbol jamoalari, mahoratli futbolchilar, futbol o‘ynash texnikasi bilan tanishtiruvchi kitoblar namoyish etilgan. Agar “Ensiklopediya futbola”, “O‘smirlar ensiklopediyasi” (“Ensiklopediya dlya yunoshestva”), “Bolalar ensiklopediyasi”, “Futbol bo‘yicha jahon chempionatlarining tarixi” (“Istoriya chempionatov mira po futbolu”) kitoblari futbol tarixi, ilk futbol jamoalari va o‘yinlari haqida hikoya qilsa “Sport o‘yinlari – futbol” (“Sportivnыe igrы – futbol”), “Futbol”, “Futbol o‘yinini o‘rganish” (“Izuchenie igrы v futbol”), “Yosh futbolchilarni tanlab olish va tayyorlash” (“Otbor i podgotovka molodыx futbolistov”), “Futbol mahorati sari” (“Stremlenie k professionalizmu futbola”), “Futbol - jiddiy o‘yin” (“Futbol – igra seryoznaya”) kitoblari kitobxonlarni futbol o‘yinining qoidalari, texnikasi va mohir futbol o‘yinchisi egallashi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar bilan tanishadilar. “O‘zbek futboli. Aka-uka Anlar”, “Paxtakor -79. Yodimizdasiz, xotirlaymiz, faxrlanamiz” (“Paxtakor-79. Pomnim, chtim, gordimsya”), “Futbol-quvonchim, dardim, faxrim” (“Futbol – moya radost, bol, gordost”), “Futbol-1999” xotira-kitoblarida taniqli sport sharxlovchilarining, futbol hakamlarining, futbolchi va futbol ishqibozlarining o‘zbek va jahon futbolida yorqin iz qoldirgan mashhur sport sharxlovchilari, hakamlar va futbolchilar haqidagi xotiralari mujassam. “Maftuningman, futbol”, “Ravshan Ermatov. Eng kuchli referi”, “Futbol qiroli” va “Futbol va boshqalar” kitoblari hozirgi kundagi mohir o‘zbek futbolchilari, trenerlari va hakamlarining kasbiy faoliyati, mahorati va insoniylik xususiyatlari haqida hikoya qiladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM