Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ta’tilda mutolaa qilamiz” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ta’tilda mutolaa qilamiz” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi
06.01.2017

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar e’tiboriga mashhur asarlar va adiblar asarlari havola etilgan “Ta’tilda mutolaa qilamiz” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi.

Qishki ta’til – mutolaa uchun eng qulay davr. Barcha yoshda ham kitob o‘qish foydalidir, asosiysi – adabiyotlarni to‘g‘ri tanlash. Foydalanuvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, ko‘rgazma 2 qismda: bolalar va katta yoshdagi kitobxonalar uchun tashkil etildi. Bolalik davrimizda biz asar qahramonlari misolida hayotiy vaziyatlarga baho berishni, go‘zallikni tushunishni, yovuzlik va ezgulikning farqini ajrata bilishni o‘rgansak, ulg‘aygach o‘sha asar qahramonlarini batamom boshqa jihatlarini anglaymiz, ularning xatti-harakatlarini o‘zgacha baholaymiz va asardagi voqealarni boshqacha tasavvur qilamiz. Turfa hil adabiyotlar orasidan siz o‘zingizga ma’qulini, ko‘nglingiz tusagan muallif yoki asarni tanlab olishingizga umid qilamiz.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida bolalar kitoblari ko‘rgazmasi ochildi. Unda yosh foydalanuvchilar e’tiboriga “Klassnaya klassika”, “Keling, kitob o‘qiymiz”, “Sevimli bolajonlarim uchun ertaklar”, “Moi lyubimыe stixi”, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari”, “Vesyolaya kompaniya”, “O‘zbek xalq ertaklari oltin xazinasi”, “Jahon sarguzasht adabiyoti”, “Vse luchshie skazki mira” ruknlari ostida badiiy adabiyotlar, yosh bilimdonlar uchun “Nima? Kachon? Qaerda?”, “Ensiklopediya erudita”, “Bolshaya detskaya ensiklopediya”, “Ya poznayu mir”, “Ensiklopediya dlya detey”, “Bolalar ensiklopediyasi” turkumidan adabiyotlar, ertaklar, she’rlar, hikoyalar hamda vaqtni qiziqarli o‘tkazishga ko‘maklashuvchi “Vesyolie konkursы”, “1000 zadaniy dlya zaryadki mozgov” kabi kitoblar to‘plamlari havola etilgan.

Uchinchi qavat foyesida rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan kitoblar katta ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur kitoblar qatoridan “Nashriyotimiz xazinasidan”, “Kamolot” kutubxonasi”, “Znamenitie proizvedeniya poetov i pisateley”, “Zolotaya klassika”, “Maloe sobranie sochineniy”, “Russkaya klassika”, “Jahon adabiyoti kutubxonasi”, “Mirovaya klassika” rukni ostida nashr etilgan adabiyotlar o‘rin olgan.

Shuningdek “Jahon” zali O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilariga jahon adabiyoti namoyondalarining dunyoga mashhur asarlari o‘rin olgan adabiyotlar ko‘rgazmasini taqdim etdi. Mazkur ko‘rgazmada ingliz, koreys, xitoy, nemis, fransuz, ispan va boshqa tillardagi adabiyotlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar o‘zlarini qiziktirgan, bo‘sh vaqtlarini to‘ldira oladigan, yangi malumot oladigan, qizikarli narsalar o‘rganadigan, hozirgacha noma’lum narsalardan vokif etadigan, ularning ijodiy tasavvurini namoyon etadigan kitoblarni mutolaa kilish yoki shunchaki kitob varaklash imkoniga ega buladilar. Ba’zi yosh kitobxonlar uchun esa mutolaa qishki ta’til kunlarining eng sevimli mashg‘ulotiga aylanadi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM