Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Archa” bard qo‘shig‘i ijrochilari klubining Yangi yil konserti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Archa” bard qo‘shig‘i ijrochilari klubining Yangi yil konserti bo‘lib o‘tdi
30.12.2016

2016 yil 28 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Archa” bard qo‘shig‘i ijrochilari klubining Yangi yil konserti bo‘lib o‘tdi. “Archa” bard qo‘shig‘i ijrochilari klubi hamkorligida mualliflik qo‘shiqlari ixlosmandlari, “Archa” klubi muxlislari va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Shoira, yozuvchi, jurnalist, san’atshunos G.Bogdasarova ko‘proq bard qo‘shig‘i nomi bilan mashhur mualliflik qo‘shiqlari Yangi yil konsertini ochar ekan, yig‘ilganlarga “Archa” ashula va she’riyat klubi faoliyati, uning a’zolari hamda klub tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar haqida hikoya qildi. Mazkur tadbir tashabbuskori, bard qo‘shig‘i halqaro festivallari laureati, mutaxassisligi bo‘yicha muxandis - Z.Yusupov bu kabi konsertlarning respublika madaniy hayotidagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.

Konsertda bard qo‘shig‘i halqaro tanlovlari laureatlari va diplom sovrindorlari,  tajribali va yosh mualliflik qo‘shiqlari ijrochilari ishtirok etdilar. Konsert dasturini Qor bobo va Qor qiz ochib berdilar. Ular gitara jo‘rligida “Yangi yil” va “Kechani Qor bobo sehrladi” nomli qo‘shiqlarni ijro etdilar. Shuningdek tadbirda muallaflik qo‘shiqlari halqaro festivallar laureatlari N.Sviridenko, O.Bordovskiy, O.Abisheva, M.Yakubdjanov, G.Kutyatina, A.Palatin, Ye.Jalnina, I.Kondratenko, L.Kudryavseva, Ye.Alekseeva, A.Soylar ishtirok etdilar. Ular muhabbat, romantik xotiralarga boy qish haqida, hamda insonni tabassumga chorlovchi, hayotning oddiy tashvishlarini unutishga undovchi quvnoq qo‘shiqlar ijro etdilar.

           “Chimyon sadosi-2016” mualliflik qo‘shig‘i halqaro festivali laureati R.Shamsutdinov jismoniy imkoniyatlari cheklanganligiga qaramay, yig‘ilganlarga ruhiy tetiklik va a’lo kayfiyat ulashdi. Konsert dasturidan L.Kabachyova va P.Osipov, N.Mikushkina va A.Storojenko,  I.Katishev va S.Balakina, M.Tulyaganova va Z.Yusupovlardan iborat iste’dodli juftliklar qo‘shiqlari alohida o‘rin egalladi.

An’anaga ko‘ra, tadbir so‘ngida, barcha qatnashchilari sahnaga chiqib,  Yu. Vizborning “Milaya moya” (Azizam mening) qo‘shig‘ini jo‘r bo‘lib kuyladilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM