Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan mushoira kechasi

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan mushoira kechasi
11.09.2019

Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi doirasida mushoira kuni bo‘lib o‘tmoqda. Zero, kutubxona imkoniyatlari bilan tanishish uchun eng manzur usul - u yerda o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar” haftaligiga tashrif buyurishdir.

11 sentabr kuni Haftalik doirasida Milliy kutubxonaga tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari bilan O‘zbekiston xalq shoiri M.Yusuf ijodiga bag‘ishlangan she’rxonlik kechasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirning maqsadi yoshlarimizni XX asr oxiri – XXI asr boshidagi iqtidorli o‘zbek shoiri, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi va hayotiy yo‘li bilan tanishtirish va kelajak avlodga yetkazishdan iborat. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Sh.Qurbon olib bordi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada shoirning zamondoshlari va hamkasblarining xotiralari, gazetalar va jurnallardan maqolalar, shuningdek she’riy to‘plamlari o‘rin olgan.

Shahrimizning turli oliy o‘quv yurtlari, litsey, kollej va maktablardan tashrif buyurgan kitobxonlar uchun kutubxona tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berib borilmoqda. Ro‘yxatga olish tartiblari bilan boshlangan va Milliy kutubxona kitob muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kafedralar, o‘quv zallar, kitobxonlar kataloglari va kartoteka zallari, elektron katalaoglar zali  bo‘ylab davom etgan mazmunli va batafsil ekskursiya “Ochiq eshiklar” haftaligiga ilk bor tashrif buyurgan  kutubxona foydalanuvchilarida katta taassurotlar qoldirdi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” haftaligi o‘z ishini davom ettirmoqda.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM