Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari MDH mamlakatlari kutubxonalari vebinarida ishtirok etdilar

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari MDH mamlakatlari kutubxonalari vebinarida ishtirok etdilar
11.09.2019

2019 yil 6 sentabr kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari “Kutubxonalararo abonement va elektron resurslarni masofaga yetkazib berish” mavzusiga bag‘ishlangan V-onlayn  ilmiy- amaliy treningda ishtirok etdilar. Rossiya davlat kutubxonasi tashkillashtirgan mazkur onlayn-treningda MDH mamlakatlari kutubxonalari va Respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari qatnashdilar.

Trening davomida axborot-kutubxona mutaxassislari sohaga oid tajribalari, kitobxonlarga qulaylik yaratish, ish sifatini oshirish maqsadida o‘z kutubxonalarida yo‘q resurslarni boshqa kutubxonalardan tez va qulay olish imkoniyatlari shuningdek MDH mamlakatlari kutubxonalari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu vebinar Rossiya va MDH mamlakatlaridagi hamkasblarga yangi ma’lumotlar olish, tajriba almashish, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish masalalarini o‘rganishga katta imkoniyat yaratdi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM