Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Mediamarkazga ishga qabul qilish boshlandi

Mediamarkazga ishga qabul qilish boshlandi
11.09.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Milliy umumta’lim elektron-kutubxona markaziga skanerlash va raqamlashtirish, raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash, multimedia studiyasi, texnik va texnologik qo‘llab-quvvatlash xizmatlariga mutaxassislar qabul qilish tanlovi e’lon qilingan edi.

Joriy yilning 10-11 sentabr kunlari  tanlov asosida nomzodlar suhbatdan o‘tmoqdalar. Suhbat jarayonida nomzodlarning   axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-kompyuter dasturlari (Microsoft Word, Internet Explorer, Microsoft Excel), kutubxona sohasiga oid dasturlarda ishlash ko‘nikmalari, media studiya texnik va dasturiy ta’minotlaridan foydalana olish, zamonaviy raqamlashtirish uskunalari haqida, dasturiy ta’minotlardan (Abbyy Finereader, Adobe Acrobat, Adobe Photoshop, CorelDRAW, Adobe Indesign) qanday ko‘nikmalarga ega ekanliklari e’tiborga olindi.

Tanlov 2019 yil 13 sentabrga qadar davom etadi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM