Bosh sahifa > YANGILIKLAR > “Moviy jomadon sayoxati” aksiyasi doirasida MTTga tashrif

“Moviy jomadon sayoxati” aksiyasi doirasida MTTga tashrif
10.09.2019

Ochiq eshiklar haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari “Moviy jomadon sayoxati” aksiyasi bilan Sergeli tumani 565-son “Istiqlol” nomli hamda 589-son Maktabgacha ta’lim tashkilotiga sayyor tadbir o‘tkazdilar. Tashrif chog‘ida bolalarda matnni gapirib berish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Onam yordamida ertak aytaman” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad bolalarda kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, mutolaaga jalb qilish.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘qish zallari xizmati mutaxassislari N.Rasulova va Sh.Uktamovalar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun bolalarni ertaklarni sevishga, ulardan ko‘p foydali o‘gitlar olishga undovchi “Ertakterapiya” deb nomlangan o‘yin o‘kazdilar va unda “Bo‘ri bilan boyo‘g‘li” nomli ertak o‘qib berdilar hamda bolalar bilan birgalashib o‘qilgan ertakni muhokama qilishdi. O‘yin ertaklar va hikoyalar qahramonlari obrazlari orqali bolalarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, ularni jamiyatda komil inson bo‘lib yetishishlariga, ularning so‘z boyligini boyitishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, mantiqiy va mavhum fikrlashini rivojlantirishga va jamoada ishlash qobiliyatini shakllantirishga ko‘maklashadi.  Shuningdek,  uchrashuv yakunida kutubxona mutaxassislari  “Topgan topaloq” nomli topishmoqlar musobaqasi hamda “Ertakdagi qahramonni top” nomli musobaqalar o‘tkazdilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM