Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Tatariston do‘stlik delegatsiyasi tashrifi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Tatariston do‘stlik delegatsiyasi tashrifi
10.09.2019

2019 yil 6 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Tatarston Respublikasi Fanlar akademiyasining tatar ensiklopediyasi va dinshunoslik instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Institutning ilmiy xodimlari: B. Xamidullin, R. Islamov,  Z. Gilazevlarning O‘zbekistonga tashrifidan maqsad tatar millatiga mansub xalqning hayotini o‘rganish.

Tashrif doirasida mehmonlarni kutubxonaning faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari bilan  tanishtiruvchi ekskursiyasi tashkil etildi, shuningdek tatar etnografiyasi haqidagi ma’lumotlarni to‘plashga Milliy kutubxona mutaxassislari tomonidan amaliy yordam berildi.

Kutubxona bo‘ylab eksursiya davomida mehmonlarga kutubxonaning qurilish tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or axborot texnologiyalar, Milliy kutubxonaning xalqaro aloqalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek Milliy kutubxona fondidan joy olgan tatar tilidagi nashrlar, tarjima asarlar haqida gapirib o‘tildi.

Kutubxona bo‘ylab qilingan ekskursiya chog‘ida mehmonlar kitob muzeyi, ko‘rgazmalar, multimediya va elektron zallarni ko‘zdan kechirdilar. Delegatsiya a’zolari o‘quv zallarini aylanib chiqar ekan, u yerdagi zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlangan maxsus zallarni tomosha qildi, kitob fondining joylashishi va saqlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda foydalanuvchilarning kutubxonaning so‘nggi ma’lumotlari, onlayn-resurslar va audio-resurslar bazasi bilan tanishtiruvchi kioskalar bilan qiziqdilar. Mehmonlar qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar bo‘limiga ham tashrif buyurdilar. Bu yerda ular qadimiy litografik va bosma nashrlar, xaritalar, noyob kitoblar bilan ham tanishdilar.

Tatariston delegatsiyasi tashrifi doirasida Milliy kutubxonaga sovg‘a sifatida bir qancha tatar asarlari tuxfa etildi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM