Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Milliy kutubxona fondi Mavlono Rumiy asarlari katalogi bilan boyidi

Milliy kutubxona fondi Mavlono Rumiy asarlari katalogi bilan boyidi
09.09.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “A Descriptive Catalogue of The Manuscripts and Editions of Maulana Rumis: Works in India” (Xindistondagi Mavlono Rumiy asarlari qo‘lyozma va nashrlarining tavsifiy katalogi) bilan boyidi. Mazkur katolog  2018 yilda 192 bet hajmda, Xindistondagi Madaniyat vazirligi Indira Gandi nomidagi Milliy san’at markazida Deli universiteti professori Sharif Xusayn Qosimiy va Indira Gandi nomidagi Milliy san’at markazi direktori doktor Ramesh K.Guar muallifligi ostida nashr etildi. Ushbu kitob ingliz tilida nashr etilgan.

Ushbu katalog Xindistonda, xususan xind olimlari va adiblarining Mavlono Rumiyga bo‘lgan qiziqishlarini aks ettirgan. Shuningdek, mazkur katalog Rumiyshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodini, uning adabiy merosini o‘rganishda, asrab-avaylash va avlodlarga yetkazishda manba sifatida xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, katalog muallifi Professor Sharif Xusayn Deli universiteting forsiy til kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. U dastlab magistr,  falsafa fanlari doktori ilmiy unvoniga, so‘ng Nyu-Delidagi arxeologiya maktabida arxeologiya bo‘yicha aspirant diplomiga ega bo‘ldi. Uning Xindiston , Yevropada nashr etilgan 15dan ortiq kitoblari va  200ga yaqin ingliz, fors va urdu tillarida maqolalari chop etilgan.

Doktor Ramesh K. Gaur hozirgi kunda Nyu-Deli, Djavaxarlala Neru nomidagi Universitetning kutubxonachisi bo‘lib ishlaydi. Undan oldin u Indira Gandi nomidagi Milliy san’at markazi Kala Nidhi  kutubxonasichi, so‘ng mudiri bo‘lib ishlagan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM