Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
02.08.2019

2019 yil 2 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir” mavzusida tadbir  bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi “Oila”  ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun mavzuga oid ma’ruzalar, psixologik treninglar shuningdek oila haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

Tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi “Oila”  ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Loyiha rahbari, psixologiya fanlari nomzodi F.Akramova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Jumanazarovlar qatnashdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM