Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Moi dorogie poputchiki” deb nomlangan kitobi taqdimoti

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Moi dorogie poputchiki” deb nomlangan kitobi taqdimoti
10.06.2019

 2019 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoira, yozuvchi, san’atshunos-jurnalist Guxarik Bagdasarovaning “Moi dorogie poputchiki” (Mening aziz hamrohlarim) deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda san’atshunos olimlar, yozuvchilar, shoirlar, sozandalar, ijrochilar, tarjimonlar hamda muallifning yaqinlari va do‘stlari ishtirok etdilar.

Shoira, yozuvchi, san’atshunos-jurnalist Guxarik Bagdasarova - M.V.Lomonosov nomidagi MDU jurnalistika fakulteti hamda I.Ye.Repin nomidagi Leningrad tasviriy san’at, skulptura va arxitektura institutining tasviriy san’at nazariyasi va tarixi fakulteti bitiruvchisi. U keng kitobxonlar ommasi qalbilan joy rogan “Blizkoe exo” ikki jildli nazmiy, nasriy va publitsistik to‘plami, “Jizn v svete bыtiya” xatlar va qaydlar to‘plami, “I ya prichastna” sara she’rlari to‘plami, “Yest lish put” nazmiy, nasriy va publitsistik to‘plami, “Levitatsiya” sara she’rlari to‘plami muallifidir.

U madaniyat, jurnalistika nazariyasi va amaliyoti, milliy madaniyat va jurnalistika etikasi borasida ilmiy-ma’rifiy faoliyat bilan faol shug‘ullanib kelmoqda.

Guxarik Bagdasarovaning «Moi dorogie poputchiki»  deb nomlangan nasriy va publitsistik asarlari to‘plamiga uning so‘nggi yillarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan publikatsiyalari o‘rin olgan. Bu O‘zbekiston tarixi, tasviriy san’ati, fotografiyasi, kinematografiyasi, teatr, adabiyot va zamonaviy madaniyati masalalariga qiziqqanlar uchun juda muhim manbadir. U qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘lgani bois keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM