Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Elektronnaya biblioteka. sifrovыe proektы v sovremennoy informatsionnoy srede: nauka i praktika” nashri bilan boyidi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Elektronnaya biblioteka. sifrovыe proektы v sovremennoy informatsionnoy srede: nauka i praktika” nashri bilan boyidi
21.05.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Prezident kutubxonasida (Sankt-Peterburg) nashr etilgan “Elektronnaya biblioteka. sifrovыe proektы v sovremennoy informatsionnoy srede: nauka i praktika” (Elektron kutubxona. Zamonaviy axborot muhitida raqamli loyihalar: fan va amaliyot) nashrining 8-soni bilan boyidi.

To‘plamga fondlarida kutubxona, arxiv va muzey resurslarining raqamlashtirilgan nusxalari saqlanadigan elektron kutubxonalarni tashkil etish mavzusiga bag‘ishlangan maqolalar kiritilgan. To‘plamda federal va mintaqaviy darajada, muzey va ta’lim muassasalarida universal va tarmoqli kutubxonalarga asoslangan raqamli loyihalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan maqolalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, to‘plamda kutubxona, arxiv va muzey elektron kutubxonalarida saqlanayotgan ob’ektlarining raqamli nusxalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi maqolalar o‘rin olgan. To‘plamda B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi va uning filiallarida elektron resurslar kompleksini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Maqolalar “Nauchnыe stati i soobщeniya” (Ilmiy maqolalar va xabarlar), “Nauchnaya jizn. Issledovatelskie proektы” (Ilmiy hayot. Tadqiqot loyihalari), “Prakticheskie razrabotki i metodicheskie rekomendatsii” (Amaliy ishlanmalar va uslubiy qo‘llanmalar”, “Datы i sobыtiya” (Sanalar va va voqealar) bo‘limlarida keltirilgan.

Ushbu nashr madaniyat muassasalari mutaxassislariga, shuningdek elektron muhitda milliy merosni yaratish va targ‘ib etishga qiziqqan ko‘plab kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM