Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘quvchilarining innovatsion g‘oyalari takdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘quvchilarining innovatsion g‘oyalari takdimoti bo‘lib o‘tdi
15.05.2019

2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sharq Ayoli” Xalkaro Ayollar Jamoat Fondi, Toshkent shaxar Xalk ta’limi boshkarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi  va Kichik maktab Akademiyasi bilan hamkorlikda navbatdagi Ekspertlar ilmiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shaxar 64-son maktab o‘quvchilarining eng yaxshi ilmiy ishlari takdim etildi.

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, «Sharq Ayoli» Xalkaro Ayollar Jamoat Fondi raisi S.Tursunboeva uning ishtirokchilarini qutladi va mamlakatimiz taraqqiyotida fondning rolini e’tirof etdi. “Fondimiz 1999 yilda tashkil topgan. O‘tgan 20 yil davomida 100 ortiq loyihalarimiz hayotga tadbiq etildi. 2010 yilda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida ishga tushgan «Barkamol avlod – Vatan faxri» ta’lim loyixhasi – shulardan biri. Mazkur loyihaning maksadi -o‘kituvchilarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb kilish, bilim olishni raxbatlantirish, hamda barkamol avlodda yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish. Bu loyiha shunisi bilan ahamiyatli-ki, unda nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar va ota-onalar igtirok etadilar”, - deya ta’kidladi S.Tursunboeva.

Toshkent shaxar Xalk ta’limi boshkarmasi mutaxassisi F.Axmedjanova ishtirokchilarni ilmiy ishlarining taqdimoti bilan tabrikladi va ular innovatsion g‘oyalarining bardavom bo‘lishiga va amalga oshishiga umid bildirdi. “Bugun davlatimiz yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lib rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Sizning o‘z orzu va g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bugun Ekspertlar Kengashining majlisiga sizning g‘oyalaringizni haqiqatga aylantirishga tayyor bo‘lgan homiylar va hamkorlarni taklif etilgan.  Umid qilamanki, bugungi loyihalar mamlakatimiz kelajagi hayotida katta rol o‘ynaydi”.

Loyixa raxbari tarix fanlari nomzodi Ye.Asrieva ishtirokchilarni Kichik Akademiya faoliyatining asosiy tamoyillari bilan tanishtirdi va Akademiya ishtirokchilarining loyihalariga bildirilgan xayrixohlik va qiziqish uchun “Sharq Ayoli” Xalkaro Ayollar Jamoat Fondi minnatdorlik bildirdi.

Ekspertlar kengashi oldida Toshkent shaxar 64-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan Kichik Akademiya ishtirokchilarining eng dolzarb ilmiy ishlari tinglandi.

  1. “Marketing” - Nadjmiddinov Saidnabixon i Niyozov Shoxruz.
  2. “Bolalar falaji (DSP) – xukm emas”- Alieva Iroda
  3. “Buddizm va islom xakida kizikarli ma’lumot”- Djamaletdinova Shaxzoda
  4. “Baxt – bu nima?”- Nadjimudinova Ruxsora
  5. “Metropoliten uchun innovatsion yechim”- Kaxxarov Kamoliddin
  6. “Mikroorganizmlar”(ingliz tilida)- Xodjaev Jamshid
  7. “Internet – muqobil haqiqatdir”- Baxodirov Shaxriyor
  8. “Shovqin va inson uchun uning oqibatlari”- Abdullaeva Munisa.

Xar bir notiqning nutqi katta qiziqish bilan tinglandi, ko‘tarilgan masalalarning dolzarbligi va amaliy ahamiyati qayd etildi. Ilmiy baxs-munozaralar samarali bo‘ldi, Ekspertlar kengashi a’zolari tadkikotchilarning mexnatsevarligini va o‘z ishlariga vijdonan yondashganliklarini yuksak baxoladi.

Taqdimot ishtirokchilari diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari firma va korxonalar vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM