Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro oila kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro oila kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
15.05.2019

2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kashfiyot” o‘qish zalida BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro oila kuni to‘g‘risida qabul qigan rezolyusiyasiga ko‘ra, 1993 yildan buyon 15 may kuni nishonlanib kelayotgan Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat”  deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmada mamlakat taraqqiyoti va xalqning obod turmushi garovi bo‘lmish, jamiyatning bo‘lagi, insoniy va madaniy qadriyatlar va an’analarning davomiyligini  ta’minlovchi dargoh – oilaning huquqiy me’yorlarini belgilovchi, oila huquqini himoya qiluvchi va uning dahlsizligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan.

Kitob-rasmli ko‘rgazmada “Psixologiya va oila”, “Maktab oiladan boshlanadi” turkumi ostida chop etilgan kitoblar va oddiy o‘zbek oilasining turmush tarzi, bayramlari va xordiq damlari aks ettirilgan gazeta va jurnallar sahifalaridan olingan rasmlar haqli ravishda alohida o‘rin olgan.

Shuningdek ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari “Oila ma’naviyati-milliy g‘urur”,  “Oila kodeksi”, “Sog‘lom avlod-bizning kelajagimiz”, “Sog‘lom turmush tarzi va oila”, “Oila odobi”, “Oila ma’naviyati”, “Oila –baxt qo‘rg‘oni”, “Komil inson tarbiyasi”, “Sog‘lom farzand-elga dilband”, “Ota bo‘lish osonmi?”, “Oila etiketi”, “Farzandga o‘gitlar”, “Oilaviy hayot psixologiyasi”, “Milliy tarbiya”, “Ensiklopediya molodoy semi”, “Kniga o lyubvi”, “Osnovы semeynoy jizni” va “Kultura doma” kabi oilaning muhimligi, uni mustahkamlash, unda tenglikni ta’minlashga qaratilgan kitoblar bilan tanishadilar.

“Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat”  deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari mustahkam va baxtli oila qurish mavzusiga bag‘ishlangan kitoblar bilan yaqindan tanishadilar va oilada vujudga keladigan muammolar, nizolarning oldini olish, ularni bartaraf etish to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM