Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi qozoq yozuvchilari asarlari bilan boyidi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi qozoq yozuvchilari asarlari bilan boyidi
10.05.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi qozoq yozuvchilarining xorijiy tillardagi yangi nashrlari bilan boyidi. Kitoblar Qozog‘iston Milliy Akademik Kutubxonasi tomonidan hadya etildi. Ingliz, fransuz, ispan, xitoy va arab tillariga tarjima qilingan kitoblar “Astana-Personal” nashriyoti tomonidan “Global dunyoda zamonaviy qozoq madaniyati” loyihasi doirasida nashr etildi.

Ushbu loyiha doirasida zamonaviy qozoq adabiyoti namunalari to‘plami BMTning 6 ta tiliga tarjima qilinmoqda. Uning vazifasi - dunyoga zamonaviy qozoq adabiyoti, musiqasi va tasviriy san’ati, xoreografiyasi, kinematografiyasi va teatrining yutuqlarini taqdim etish. Ispan, fransuz, rus, xitoy va arab tillaridagi antologiyalarning tarjimalari va nashrlari Kembrij universiteti (Sambridge University Press) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Kutubxona fondini to‘ldirgan kitoblar Qozog‘iston xalq yozuvchisi yozuvchisi, ko‘plab tarixiy romanlar muallifi Kabdesh Jumadilov, qozoq romannavisi Sherxon Murtazo, zamonaviy qozoq adabiyoti klassik yozuvchisi Beksulton Nurjekeev, shoir, grossmeyster, so‘z ustasi Murat Aues,  taniqli shoir, Qozog‘iston xalq yozuvchisi, tilshunos-tadqiqotchi, turkiyshunos va diplomat O‘ljas Sulaymonov, yozuvchi va dramaturg Dulat Isabekov, yozuvchi, kenodramaturg va jamoat arbobi Smagul Elubay va boshqa qozoq yozuvchilarining qalamlariga mansub.

Mazkur adabiyotlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi Qozog‘iston adabiyoti va madaniyati markazidan munosib joy egallab, o‘zbek kitobxonlarida qozoq madaniy boyligi bilan yaqindan tanishishga katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM