Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
22.01.2016

2016 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi vakillari o‘tkazgan mazkur seminarda kutubxona xizmat rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining qonun hujjatlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilbar Holiqova 2015 yil 3 dekabrda qabul qilingan, maqsadi elektron hukumat cohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan ushbu Qonunning mohiyati va asosiy vazifalari bilan tanishtirdi. Seminar ishtirokchilariga RR-taqdimotida davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi, «bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, davlat organlarining hujjatlarini bir xillashtirish, elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi elektron hukumatning asosiy prinsiplari haqida ko‘rgazmali ravishda gapirib berdi. D.Holiqova elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rolini, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining va davlat organlarining vakolatini alohida sanab o‘tdi.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining yetakchi mutaxassisi Azizjon Azimov elektron hukumatning axborot va interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi turlari, uning yagona reestri va elektron davlat xizmatlariga doir talablar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, A.Azimov davlat ochiq ma’lumotlari portali orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligini ta’minlash, elektron hukumat ishining tashkil etilishi, uning infratuzilmasi, markaziy ma’lumotlar bazasi, idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi, davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari haqida atroflicha tushuncha berdi. 
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining vakillari markaz tomonidan olib borilayotgan lex.uz, E-xat, NIS.UZ, KSBT, ESTAT, soliq to‘lovchilar portali, tadbirkorlarning axborot portali va bshq. kabi  amaldagi loyihalar va markazning arxitekturasi, yaxni ishlash tizimi bilan tanishtirdi.
Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirishga bag‘ishlangan interfaol seminar tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM