Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari
07.10.2015

O‘zbekistonda 2015 yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshi ulug‘ keksalarimizga e’tibor, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning turmush tarzini yaxshilash, hayot faoliyatini yuqori darajaga ko‘tarish, faollashtirish va bo‘sh vaqtini maqsadli tashkil qilishga yo‘naltirilgan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dasturda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksa yoshdagi foydalanuvchilar uchun «Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish» ijtimoiy loyihasi joriy etildi. Unga asosan muntazam ravishda keksa foydalanuvchilarimizning kompyuter savodxonligini oshirish va Internetda tarmog‘ida ishlashni o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy axborot-kutubxona fondlariga ulanish xizmati xodimlari tomonidan «Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish» rejasi ishlab chiqilib, kutubxonaning keksa foydalanuvchilariga yangi axborot muhitida moslashishga, ya’ni hujjatlar bilan ishlash, ofis ilovalari, Internet tarmog‘ida kerakli ma’lumotni qidirish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish kabi harakatlarni bajarishda yordam berilmoqda.

Kompyuter bilan tanishish jarayonida kompyuter tuzilishi, qo‘shimcha uskunalar, turlari va ish joyni tashkil etish haqida aytildi. Shuningdek, foydalanuvchilar klaviatura tugmachalari, ularning joylashishi, Microsoft Office dasturi bilan tanishdilar. Mutaxassislar ma’lumot tashuvchilar, Internet tarmog‘iga kirish, kerakli ma’lumotni qidirish, ajratib olish, sahifalarni saqlash, elektron pochta ochish va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishni o‘rgatdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish» ijtimoiy loyihasi doirasida keksa yoshdagi foydalanuvchilarga kompyuter bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini egallashga ko‘maklashuvchi saboqlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM