Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha seminarlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha seminarlar bo‘lib o‘tdi
06.10.2015

2015 yil 6-15 oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish” loyihasi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi. IFLA va "Axborot hamma uchun" YUNESKO Dasturining Rossiya ko‘mitasi doimiy a’zosi, ekspert, Kemerovo davlat madaniyat va san’at universiteti, ijtimoiy soha axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor N.I.Gendina tomonidan olib borilgan treninglarda respublika axborot-kutubxona muassasalarining 20 nafar mutaxassislari ishtirok etdilar.

Treninglar ishini ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish va axborot va mediasavodxonlikni uzviy bog‘liqlikda o‘rganish muhimligini ta’kidladi. “Inson ongiga turli yo‘llar, axborot tashuvchilar orqali ta’sir qiluvchi axborotlarning ko‘payib, axborot xuruji avj olayotgan bir davrda, bu muammo bolalar bilan ko‘proq ishlashni taqozo etadi. Mazkur masalani hal etishda ta’lim muassasalari bilan bir qatorda tegishli resurslarga, axborot madaniyatini shakllantirish tajribasi bor malakali kadrlarga ega bolalar va maktab kutubxonalari xizmat qiladi,” - dedi K.Pikat va trening ishtirokchilariga ijobiy taassurotlar tiladi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi respublikamizda axborot-kutubxona sohasida dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va soha mutahassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish doirasida O‘zbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan turli tadbirlar tashabbuskori hisoblanadi.

Trening doirasida mutaxassislar “Media savodxonlik va shaxsning axborot madaniyati sohasida xalqaro yetakchi yo‘nalishlar” va “Shaxsning axborot madaniyati: uning tamoillari, mohiyati va tadbiq etish shartlari” kabi mavzular bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM