Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2019”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2019”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
22.04.2019

2019 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Central Asia – 2019”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbar va mutaxassislari hamkor vazirlik va idoralar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabaeva tadbir ishtirokchilarini qutladi va ularga konferensiyaning mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda konferensiya tarixi va hozirgi nufuzi haqida alohida to‘xtaldi. “Konferensiya tashkil etilgan ilk davrlarda 7-8 nafar xorijiy mutaxassislar ishtirok etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ular soni 25-30 nafarga yetdi. Konferensiyaning har yili turli viloyatlarda o‘tkazilishi o‘sha viloyat axborot-kutubxona sohasining jonlanishiga va yanada rivojlanishiga olib keladi. Bu yilgi konferensiyada 400 dan ziyod mutaxassislar, ulardan 26 ta xorijiy mutaxassislar  ishtirok etishi kutilmoqda. Mahalliy mutaxassislardan 80dan ziyod maqolalar kelib tushdi. Ular konferensiya dasturi va konferensiya to‘plamidan o‘rin oladi”, - dedi U.Teshabaeva.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi rahbari V.Hamidov matbuot anjuman ishtirokchilarini qutladi va halqaro konferensiyaning dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi. “Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sirdaryo viloyati tajribasida ilgari surgan 5 tashabbusning to‘rtinchisiga, ya’ni aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga hamohang bo‘lib, fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining hamjihatlikda ko‘p yillar samarali hamkorlikda faoliyatlarini kengaytirishdan, kutubxonalar ishining muammolari, ularning innovatsion rivojlanish yo‘llarini izlashni maqsad qilib olgan”, - dedi u.

Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova mazkur konferensiyani ta’riflar ekan, uni soha taraqqiyotidagi ahamiyatini e’tirof etdi. “Halqaro konferensiyada har bir mutaxassisning fikri va tashabbusi tinglanadi, muammolar yechimini topadi.”, - dedi H.Karimova.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi direktori Z.Berdieva konfenrensiyaning mavqei va respublikada soha rivojida tutgan o‘rnini ta’kidlar ekan, dedi: “Konferensiya – bu maslakdosh do‘stlar uchrashuvi, tajriba almashish, malaka oshirish maydonidir. Bunda nafaqat mutaxassilar, balki boshqa soha vakillari, ota-onalar uchun ham ko‘p foydali ma’lumotlar mavjud. Chunki kitob o‘qish va mutolaa madaniyati uyda, ta’lim muassasalarida shakllantiriladi. Kutubxona esa mutolaa uchun barcha sharoitlarni taqdim etadi”.

Shuningdek matbuot anjumanida xorijlik mehmonlar AQSh Oregon shtati Portlend shahri kutubxona jamg‘armasi ijrochi direktori Merris Sumrall, Qozog‘iston Milliy kutubxonasi Nodir kitoblar va qo‘lyozmalar xizmati rahbari Tolkыn Zamzaevalar ishtirok etdilar va konferensiyada sohada mavjud dolzarb muammolar tahlil qilinishi, tajribalar almashinishi, istiqboldagi rejalar belgilab olinishi va hamkorlikda faoliyat yuritilishi ahamiyatli ekanini ta’kidlab o‘tdilar.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan kutubxonachilik sohasida ularni qiziqtirgan bir qancha savollar berilidi va ular Milliy kutubxona direktori tomonidan to‘liq qoniqarli javoblar oldilar.

Matbuot anjumani ishtirokchilari tashkil etilajak sho‘balar, xorijiy ishtirokchilar taassurotlari bilan tanishish imkoniyatlari va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va tashkilotchilarga omad tiladilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM