Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Nuroniy” jamg‘armasi Boshqaruvi bilan hamkorlikda “Kitob-mutolaa zavqi va yoshlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Nuroniy” jamg‘armasi Boshqaruvi bilan hamkorlikda “Kitob-mutolaa zavqi va yoshlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
05.04.2019

2019 yil 5 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini ko‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi bilan hamkorlikda kichik majlislar zalida “Kitob-mutolaa zavqi va yoshlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoirlar, filologlar tarjimonlar, pedagoglar, san’atkorlar hamda OAV vakillari qatnashdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabaeva tadbirda so‘zga chiqar ekan, tadbirning mohiyati haqida gapirib o‘tdi. “Asl kitobxonlar biladiki, kitob mutolaasidan olinadigan zavqning gashti o‘zgacha. Mutolaa har bir inson uchun ehtiyojga aylanishi kerak, mutolaaga tashnalik bo‘lishi kerak. Lekin bu ehtiyoj hammada ham bor emas. Shunday ekan buni uyg‘otish biz – kutubxonachilarning vazifamizdir. Bizning mushtarak maqsadimiz jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida kitob mutolaasining ahamiyatini yanada oshirish, yosh avlodning intellektual salohiyati kuchli, jismonan va barkamol yetuk shaxs bo‘lib kamol topishini yanada kuchaytirishdan iborat. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz rahbarligida barcha hududlarda Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish bo‘yicha 5 ta tashabbusni taklif etdilar. Aynan 5 ta tashabbusning 4-qismida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirish ko‘rsatilib o‘tilgan”, - dedi U.Teshabaeva.

Shuningdek tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari X.Mirzajonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, tarjimon I.G‘ofurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Sh.Salimova, O‘zDJTU kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori M.Hudoyqulov, “Gulxan” jurnalining bosh muharriri Z.Xasanovalar ishtirok etdilar.

Shuningdek tadbirda xonanda M.Yunusova, aktrisa Saida Rametovalar qo‘shiq kuylab tadbirga o‘zgacha rux bag‘ishladilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM