Bosh sahifa > YANGILIKLAR > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
14.03.2015

2015 yil 13 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida fuqarolar va tadbirkorlar uchun taklif etilayotgan xizmatlar, ulardan oqilona va samarali foydalanish” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini oshirish va zamonaviy elektron xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berish va ulardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi, YIDHP rivojlantirish bo‘limining bosh mutaxassisi Qobiljon Gaipov olib bordi. Bilamizki, O‘zbekistonda AKTni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, tashkiliy sharoitlar mustahkamlandi. Pirovardida sohada izchil o‘zgarishlar kuzatildi, interaktivlik kuchaytirildi, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi bir qancha yangi xizmat turlari yuzaga keldi.

Qobiljon Gaipov “Elektron hukumat” tizimi rivoji qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan elektron shaklda aloqaga o‘tishni ta’minlash, davlat interaktiv xizmatlari sifatini yaxshilash masalalariga alohida to‘xtaldi. “Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalining ochilishi O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tarmog‘ining shakllanishida muhim qadam bo‘ldi. Resursning maqsadi: aholi va davlat organlari o‘rtasida biznesni yengillashtirish va davlat xizmatlarini yangi pog‘onaga ko‘tarishga imkon beradi”, - dedi Q.Gaipov.
Talabalar orasida “my.gov.uz” portali xizmatlaridan keng foydalanayotgan yoshlar o‘z tengdoshlariga uning qulayligi va samaradarligi haqida gapirib berdilar va imkoniyatlaridan foydalanishni maslaxat berdilar berdilar.
Talabalar interfaol usulda o‘tgan suhbatdan va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga olgan batafsil javoblardan mamnun bo‘ldilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM