Очистить

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Alximiya ispolnitelstva i pedagogiki» elektron kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
22.09.2017

2017 yil 22 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli pianinochi, ko‘plab ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlar muallifi Adiba Sharipova bilan ijodiy uchrashuv va «Alximiya ispolnitelstva i pedagogiki» (Ijrochilik va pedagogika alkimyosi) elektron kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli musiqachilar, muallifning shogirdlari, muhlislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Buyuk qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
21.09.2017

2017 yil 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Kashfiyot” o‘qish zalida o‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973–1048) tavalludiga bag‘ishlangan “Buyuk qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada olimning hayoti va faoliyatiga oid kitoblar o‘rin oldi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Taqdir bu - davr” mavzusida davra-suhbati bo‘lib o‘tdi
20.09.2017

2017 yil 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy tavalludining 120 yilligi munosabati bilan “Taqdir bu - davr” mavzusida davra-suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, kino sohasi vakillari, kino ijodkorlari va kitobxonlar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sirli saraton” kitobiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
19.09.2017

2017 yil 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filiali direktori, tibbiyot fanlari doktori Abdulla Abduhakimovning “Sirli saraton” kitobiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli olimlar, muallifning ustozlari hamda shogirdlari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy “Betakror uslub va jozibadorlik sohibi” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
15.09.2017

2017 yil 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 110 yilligi munosbati bilan “Betakror uslub va jozibadorlik sohibi” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, shoirlar va yozuvchilar, jurnalistlar hamda kutubxona kitobxonlari ishtirok etdilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM