Bosh sahifa > Yangi kelib tushgan nashrlar > O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi

O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi

1976 yildan beri  O‘zbekistonda (1920 yillardan) chop etilgan kitoblar bibliografiyasi tayyorlanib kelinmoqda.
1928 yil Samarqand shahrida birinchi bo‘lib “Solnoma...” nashr qilingan. Hozirgi kunda “O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi” respublikada nashrdan chiqqan majburiy nusaxalarni o‘z ichiga oladi.
“O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi” oylik bibliografik ko‘rsatkich bo‘lib, u “Kitob solnomasi”, “Jurnal maqolalari solnomasi”, “Gazeta maqolalari solnomasi” bo‘limlaridan iborat.
2002 yildan boshlab qo‘llanma 1 yilda 12 sonda nashr etilmoqda. 
“Kitob solnomasi” ommaviy-siyosiy adabiyotlar, ilmiy monografiyalar va maqolalar to‘plamlari, ilmiy-ommabop nashrlar, o‘quv muassasalari tarmoqlari uchun mo‘ljallangan darsliklar, o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy nashrlar, amaliy qo‘llanmalar, spravochnik va lug‘atlar, badiiy asarlar, bolalar va o‘smirlar uchun nashrlar, ilmiy-texnik axborot nashrlari, respublikadagi yirik kutubxonalarning bibliografik qo‘llanmalari haqida axborot beradi.
“Jurnal maqolalar solnomasi” ommabop yoshlar jurnallari, bolalar jurnallari, referativ jurnallardagi maqolalar haqida ma’lumot bermaydi. “Solnoma” oxirida “Jurnal nomlarining alfavit ko‘rsatkichi” ko‘rsatiladi.
“Gazeta maqolalari solnomasi” respublika gazetalaridagi eng muhim materiallar to‘g‘risida xabar beradi. “Solnoma” oxirida “Gazeta nomlarining alfavit ko‘rsatkichi” ko‘rsatiladi.
Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida ushbu qo‘llanmalardan foydalanish mumkin:

- Retrospektiv bibliografik ko‘rsatkich 1917–1975 yy.;
- “Kitob solnomasi” 1976–1990 yy.;
- Gazeta maqolalari solnomasi 1976–1979 yy.;
- Jurnal maqolalari solnomasi 1959–1977 yy.;
- “O‘zbekistonda 1917–1981 yillarda nashr qilingan qardosh respublikalar yozuvchilarining asarlari” davlat bibliografik ko‘rsatkichi;
- “O‘zbekiston SSR ilmiy ishlari to‘plamlari (1917–1980” yy.) retrospektiv bibliografik ko‘rsatkichi;
- “O‘zbekiston kompozitorlarining asarlari” (1980–1983 yy.) muzikali adabiyotlar ko‘rsatkichi;
- “O‘zbekiston SSR tasviriy nashrlari” (1926–1964 yy.) retrospektiv bibliografik ko‘rsatkichi;
- “O‘zbekiston SSR bolalar va yoshlar adabiyoti” (1917–1950 yy.), (1951–1975 yy.) bibliografik ko‘rsatkichi;

Elektron ko‘rinishida (WORD, PDF):

- “Kitob solnomasi” 1976–1990 yy.; 1991–1999 yy. (PDF);
- O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi 1978, 1980, 1990–1999 yy. (PDF)
- 1991–1999 yy. yilnomasi elektron varianti (WORD, PDF)
- O‘zbekiston Respublikasi matbuot solnomasining 2000–2014 yy. (WORD, PDF)

“O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi” axborot-kutubxona markazlari, nashriyotlar, o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari, muzey xodimlari va xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida mutaxassislar uchun muhim bibliografik qo‘llanma hisoblanadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati tomonidani tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi” Davlat bibliografik ko‘rsatkichi 1978 ; 1980 ; 1990–2013 yy. elektron (PDF) ko‘rinishida tanishtiradi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM