Bosh sahifa > Yangi kelib tushgan nashrlar > Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 2018 yilning 1-chi yarim yilligida eng ko’p foydalanilgan nashrlar statistikasi

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 2018 yilning 1-chi yarim yilligida eng ko’p foydalanilgan nashrlar statistikasi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi  farmoyishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, foydalanuvchilar talablarini o‘rganish maqsadida buyurtmalar tahlil qilindi. Kutubxonada foydalanuvchilar uchun asosiy fondlar, yordamchi va ochiq fondlardan buyurtma berish imkoni yaratilgan. Milliy kutubxonaning Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati adabiyotlar berish kafedralarida (asosiy fondlarga berilgan buyurtmalar asosida)

2018 yilning 6 oyida foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p mutolaa qilingan kitoblar, gazeta va jurnallar aniqlandi.


 

Foydalanuvchilar tomonidan kitoblar bilan birga vaqtli matbuot nashrlariga ham buyurtmalar amalga oshirilgan. Vaqtli matbuot nashrlari tahlili ham o‘tkazildi. Jami vaqtli matbuot nashrlariga buyurtmalar (gazeta va jurnallarga)  613045 nusxani  tashkil etdi. Shundan 392450 tasi gazetalar hisobiga to‘g‘ri keldi. Undan eng ko‘p so‘ralgan 5 nomdagi gazetalar (251168 ta)  umumiy buyurtma qilingan gazetalarning qariyb 64% ni tashkil etdi.

 

 

 

     Kutubxona foydalanuvchilarining vaqtli matbuot nashrlariga qiziqishlarining ortib borayotganini adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati (kitob berish kafedralari ) orqali jurnallarga bo‘layotgan buyurtmalarda ham ko‘rish mumkin. Joriy yilning olti oyi davomida jurnallarga jami 220595 ta buyurtma bo‘lgan. Shundan eng ko‘p so‘ralgan 5 nomdagi 67634 ta O‘zbekistonda chop etilgan o‘zbek tilidagi va 5 nomdagi 45127 ta Rossiyada chop etilgan jurnallar buyurtmalarning 51 foizini tashkil etib, jami: 112761 tadir. Bular quyidagilar:



 



Kutubxona foydalanuvchilari vaqtli matbuot nashrlaridan nafaqat O‘zbekiston nashrlarini balki, Rossiyada nashr qilingan ilmiy jurnallarni ham muntazam mutolaa qilib borishadi. Bularni ham qo‘yidagi ketma-ketlikda keltirishimiz mumkin.

 

1. Граф Монте Кристо (.pdf 537.85 Mb)

2. Жиноят ва жазо (.pdf 315.69 Mb)

3. Бахтиёр оила (.pdf 15.57 Mb)

4. Шайтанат Qism  1(.pdf 170.82 Mb). 

    Qism 2(.pdf 160.27 Mb). 

    Qism 3(.pdf 170.75 Mb). 

    Qism 4(.pdf 214.82 Mb)

    Qism 5(.pdf 267.91 Mb).

5. Лутфий Аҳмад. Саодат асри қиссалари (.pdf 10.17 Mb)

6. Ичингдаги ичиндадур (.pdf 11.19 Mb)

7. Чолиқуши (.pdf 172.45 Mb)

8. Сумерки (.pdf 392.72 Mb)

9. САИД АҲМАД-УФҚ (.pdf 31.41 Mb)

10. Hamlet (.pdf 3.12 Nb)

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM