Bosh sahifa > Yangi kelib tushgan nashrlar > O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar:

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar:

28 sentabr - 6 oktabr kunlari “O‘zbekiston” o‘qish zalida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Siz borsizki, olam charog‘on!” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;

 

9 oktabr kuni soat 14:00da ko‘rgazmalar zalida Toshket shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar uchun o‘zbek milliy kinosi aktyor va aktrisalari bilan ijodiy uchrashuv;

 

10 oktabr kuni soat 15:00da katta majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti Otajon Xudoyshukurov ijodiga bag‘ishlangan “Umri qo‘shiqlaridek boqiy” deb nomlangan xotira kechasi;

 

15-19 oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir tadbirlarni  tashkil qilish va adabiy merosni keng targ‘ib qilish maqsadida “INFOLIB UZBEKISTAN” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar turkumi tashkil etiladi:

  • akademiklar bilan davra-suhbatlari;
  • yozuvchi va shoirlar bilan kitob taqdimotlari;
  • taniqli shaxslar bilan ijodiy uchrashuvlar;
  • nashriyot xodimlari bilan suhbatlar;
  • kitobxonlar o‘rtasida tanlov va viktorinalar;
  • maktab o‘quvchilariga kvest o‘yinlari va boshqalar;

 

21 oktabr kuni “O‘zbekiston” o‘qish zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan “Davlat tili — faxrimiz, g‘ururimiz” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;

 

 

Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM