Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Fuqarolar murojaati

Fuqarolar murojaati

Fuqarolarning murojatlarini ko‘rib chiqish tartiblari:

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kelib tushgan barcha murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi  Qonun talablari asosida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek, uning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish Milliy kutubxona Devonxonasining mas’ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil 8 maydagi 53-son buyrug‘i asosida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomi tasdiqlandi. Milliy kutubxonaga kelib tushgan murojaatlar ushbu Nizomda belgilangan bandlar tartibida ko‘rib chiqiladi va bajariladi.

Fuqarolarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlari:

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi:

  • qog‘ozga bosib chiqariladi
  • ro‘yxatga olinadi
  • elektron nusxa olinadi
  • murojaat “Ijro.uz” dasturi orqali Milliy kutubxona rahbariga yuboriladi
  • rahbar topshirig‘i bilan tegishliligi bo‘yicha xizmat rahbariga yuboriladi
  • shakl bo‘yicha xisobga olish kartochkasi to‘ldiriladi 
  • murojaat qiluvchiga javob yuborilgandan so‘ng, hisobga olish kartochkasiga belgi qo‘yiladi.

Murojaat etuvchilarga qo‘yiladigan talablar:

  • jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi);
  • uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi;
  • uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlangan murojaat;
  • murojaatning mohiyati to‘liq bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish

Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:

- anonim murojaatlar;

- jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;

- qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.

Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.

 Milliy kutubxona devonxonasiga kelib tushgan barcha murojaatlar bir kun ichida rasmiy murojaat sifatida ro‘yxatga olinadi, elektron nusxa olinadi va “Ijro.uz” dasturi orqali Milliy kutubxona rahbariga yuboriladi. Murojaat tegishliligi bo‘yicha topshiriq bilan  xizmat rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Milliy kutubxona devonxonasiga kelib tushganmurojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari.

 Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni bo‘yicha hal etishi shart bo‘lgan O‘zbekiston  Milliy kutubxonasiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida,  qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Taklif O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

Milliy kutubxonaning veb-sayti, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlar murojaat etuvchining elektron manziliga elektron shaklda yuboriladi. Murojaatlar elektron bo‘lmagan xolda, murojaat etuvchining ko‘rsatilgan manziliga yuboriladi.

Fuqaro murojaati bilan ishlash NIZOMI(.pdf 4.8 Mb yuklab olish uchun)

 

№ 

Murojaat turi

2017 yilda murojaatlar soni

I- chorak

II- чорак

III- чорак

IV- чорак

Yil boshidan

Қabul qilindi

Bajarildi

Qаbul qilindi

Bаjаrildi

Qаbul qilindi

Bаjаrildi

Qаbul qilindi

Bаjаrildi

Qаbul qilindi

Bаjаrildi

1

Аlisher Nаvoiy nomidаgi O‘zbekiston Milliy kutubxonаsigа  pochtа orqаli kelib tushgаn fuqаrolаrning murojааtlаri

5 5  3  3         8 8

2

Yagona interfaol davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning murojaatlari

 5 5  -  -         8 8

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Virtual qabulxonasi orqali fuqarolarning murojaatlari

 3 3  3  3         6 6

4

«Call-center»orqali murojaatlar

11503 11503  15010  15010         26513 26513

JAMI:

 11516 11516  15016  15016          26532 26532

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM