Bosh sahifa > INTERAKTIV XIZMATLAR > Raqamlashtirilgan katalog kartochkalari

Imidj-katalog

Hozirgi vaqtda elektron katalogning standart yozuvini yaratishdan tashqari, katalog kartochkalarini skanerlash texnologiyasi orqali imidj-katalogni yaratish bo‘yicha keng qamrovli amaliyoti ham olib borilayapti. Qidiruv natijasi – katalog kartochkasining tasviri. Bunday vaqtda foydalanuvchi bibliografik qidiruvni katalog kartochkalaridan qiynalib topib o‘tirmaydi, qiziqtiradigan soha bo‘yicha materiallarni bir necha daqiqada ko‘rishi mumkin. Foydalanuvchi elektron axborot bilan ishlashning afzalliklarini ko‘radi: masofadan kirish, bir necha foydalanuvchilarning bir vaqtda kirishi va oldindan buyurtma berishi. Imidj-katalog kutubxonadagi katalog kartochkalarini retrofondini katta hajmini elektron ko‘rinishda ko‘rsatishning samarali usulidir. (ic.natlib.uz)

“Imidj-katalog” – bu Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi skaner qilingan katalog kartochkalarining retrofondini katta hajmini elektron ko‘rinishda ko‘rsatishning samarali usulidir.
“Imidj-katalog” yordamida kitobxonlar uchun kutubxonadagi barcha resurslar haqida ma’lumot Internet tarmog‘ida mavjud. “Imidj katalog”ga qiziqarli va tez-tez so‘raladigan kitob yozuvlarini qo‘shish bilan foydalanuvchilar o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin.
Imidj-katalogdan foydalanish uchun foydalanuvchi va xizmat xodimlariga “Yordam“ tugmasi mavjud.

Imidj kartochka qidiruvida qidiruv maydoniga muallif familiyasi, sarlavha yoki “Qidiruv turlari” maydonidagi boshqa parametrlar kiritiladi. Buyurtma berish uchun “Ko‘rish” tugmasi bosiladi.

Buyurtmani saqlash uchun foydalanuvchining ID-karta raqami va kitob haqidagi ma’lumotlar to‘ldirilmagan bo‘lsa, to‘ldirilishi talab etiladi.

Kartochkaning imidj-yozuvini yaratish uchun muharrir kartochkalarini tanitishi kerak.
Buning uchun :
- katalog kartochkalarini imidj-tasvirini belgilab, “Tanitish” tugmasini bosish.
- zarur bo‘lsa imidj-yozuvlarini tahrir qilib, “Dastlabki ma’lumotlar bazasiga Saqlash” tugmasi bosiladi.

Muharrir imidj-yozuvlarini saqlab bo‘lgandan so‘ng, zarur bo‘lganda “Dastlabki ma’lumotlar bazasi”ni tanlab, ushbu yozuvni ko‘rishi yoki tahrir qilishi mumkin.

Katalog kartochkalarini tahrirlash qismida bosh muharrir yozuvni “Asosiy ma’lumotlar bazasi”ga tashlash uchun ba’zi o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Korrektor asosiy bazada ishlab turib, tahrir qilib, yangi soha ko‘rsatkichlarini “Sohalar bo‘yicha mavzular” punkti orqali yaratishi mumkin.

Korrektor imidj-kartochkalar asosiy bazaga tushgandan so‘ng so‘ng kartochka holatini “Tayyor” holatga almashtirib, yozuvni IBS bazasiga jo‘natadi.

 

 

“Hisobotlar” punktining “Katalog kartochkalari bilan ishlash bo‘yicha hisobot” qismida yaratilgan kartochkalar soni, tahrir qilingan kartochkalar va qatnashgan xodimlar ro‘yxati haqida ma’lumot beriladi.  Yaratish va tahrirlash sanasi bo‘yicha filtr mavjud.

«Eksport» va «Import» tugmalari yordamida imidj yozuvlarni IBS bazasiga qo‘shish mumkin.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM