Bosh sahifa > INTERAKTIV XIZMATLAR > Nashrlarga xalqaro standart tartib raqam berish (ISBN&ISSN)

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan kitoblar va davriy nashrlarga xalqaro standart tartib (ISBN & ISSN, UO'K) raqamlarini berish bo‘yicha onlayn interaktiv xizmat

ISBN (International Standard Book number)  kitobning xalqaro  standart tartib raqami. U butun jahonda nashr etiladigan har bir kitobni muayyan tartibda belgilashga mo‘ljallangan bo‘lib, kitob savdosini takomillashtirish va kitoblarni tarqatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning elektron katologlaridagi kitoblarga oid ma’lumotlar ham ISBN asosida yaratiladi. (isbn.natlib.uz)

Nashriyotlar  ISBN  raqamlarini olish uchun Milliy kutubxonaning veb-sayti orqali   yoki isbn.natlib.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun saytdagi registratsiya tugmasi bosiladi.

“Buyurtmachi”   shartnomani imzolovchi mas’ul shaxs nomidan ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Shartnomalarda avtomatik ravishda mas’ul shaxsning ismi sharifi aks ettiriladi.

Buyurtmachining  bank rekviziti to‘g‘ri va aniq  ko‘rsatilishi  lozim. Shartnomalarda buyurtmachi ning bank rekvizitlari avtomatik tarzda aks ettiriladi.

Polzovatel  maydonini  to‘ldirishda  Buyurtmachi  o‘ziga ma’qul login va parolni qo‘yadi va barcha maydonchalar to‘ldirilgandan so‘ng   rasmdagi harf va sonlar majmuasini kiritishi  lozim.  Keyin registratsiya tugmasi  bosiladi.

Buyurtmachi  buyurtma  berish uchun “Yangi zayavka yaratish” tugmasini bosadi.

Buyurtmachi qaysi xizmat turini tanlash kerakligini strelkalar yordamida tanlab olishi kerak.  Masalan  ISBN xizmat turi

Quyidagi maydonlarga nashrga tegishli ma’lumotlar kiritiladi, ayrim  maydonlar avtomatik tarzda belgilanadi.

Buyurtmachi  bir nechta nashrga buyurtma  berish  uchun “Qo‘shish” tugmasini  bosadi.

“Vasha zayavka udachno soxranena” degan yozuv  ekranga chiqqandan keyin   buyurtmachi kitobning  bibliografik tavsifi va ISBN ma’lumotlari uchun shartnoma va nakladnaya  schot-fakturani yuklab oladi.

Muhr bosilgan hujjatlarni biriktirish va jo‘natish

.

Buyurtmachi  yuklab olgan shartnoma va fakturaga muhr   va imzo qo‘yib shartnomada ko‘rsatilgan narxni    bank orqali o‘tkazadi va  moi zayavkiga kirib shartnoma, faktura va to‘lov topshiriknomasining  skanerlangan xolatini biriktiradi va “Soxranit” tugmasini  bosadi.

Buyurtmachi “Batafsil” tugmasini bosib   bajaruvchi tomonidan muxr  va imzo qo‘yilgan shartnoma va schot-fakturani yuklab olish imkoniyatiga ega

Muxr  va imzo qo‘yilgan shartnoma, schot-faktura va yuklab olish

Buyurtmachi nashrga ISBN raqamini biriktirilganligini ko‘rib chiqib, “Yuklash” tugmasi orkali yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

(.pdf 0,98 MB)

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM