Bosh sahifa > INTERAKTIV XIZMATLAR > Qo‘lyozmalar va nodir nashrlarni qidirish

Nodir nashrlar va qo‘lyozmalar ma’lumotlar bazasi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Nodir nashrlar va qo‘lyozmalar” (nodir.natlib.uz) ma’lumotlar bazasi dasturi joriy etildi. Dasturga nodir nashrlar katalogi va asarning to‘liq matni kiritilgan. Bundan tashqari, alohida foydalanuvchilar (olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar) mazkur dastur yordamida o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha sharhlar shuningdek, sohaviy maqolalarni  qo‘yish imkonini yaratadi. Dasturda boshqa kutubxonalar, muzeylar, arxivlar va sohaviy institutlarda saqlanib kelinayotgan nodir nashrlar va qo‘lyozmalar ma’lumotlar bazasiga ulanish imkoniyati hisobga olingan.

Mazkur dastur yordamida foydalanuvchiga qisqa vaqtda barcha axborot resurslarini bir makonga umumlashtirish, kengko‘lamli ma’lumotlarni sifatli taqdim etish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasiga saqlanib kelinayotgan barcha fondlarning (15%) to‘liq matni kiritilgan. Alohida foydalanuvchilar (olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar) tomonidan  asarning to‘liq elektron matniga bo‘lgan zaruriyat paydo bo‘lganda, Milliy kutubxona rahbariyati nomiga rasmiy xat bilan murojaat etiladi.

Nodir nashrlar va qo‘lyozmalar ma’lumotlar bazasining elektron adresi

So‘nggi yangilash bilan tanishish. Savol bilan mutaxassisga murojat qilish mumkin

Nodir kitoblar turlari. Nodir kitoblar turi bo`yicha tanlash mumkin. Foydalanuvchiga yordam

Qidirish. Batafsil qidiruv

Qidiruv natijasida topilgan bibliografik yozuvlar soni. Boshqa sahifaga o‘tish.

 Batafsil tugmasi manbaning to‘liq tavsifini ochib beradi

 

To‘liq tavsif. Titul varaq. Foydalanuvchi manbani elektron shakilda ko‘rishi mumkin

To‘liq matnli elektron ko‘rinish

yuklab olish uchun (.pdf 985 Kb)

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM