Bosh sahifa > KUTUBXONA FAOLIYATI > Bo‘sh ish o‘rinlar haqida ma’lumot

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2016 yil 20 dekabr xolatiga bo‘sh ish (vakant) o‘rinlari:

O‘qish zallari xizmati axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha

 I-toifali mutaxassisi (2 vakant lavozim).

Lavozim majburiyatlari

-O‘qish zallarida mavjud barcha zallarda foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish ishlarini olib boradi;

-istiqbolli, yillik va chorak rejalari  va xizmatda bajarilgan ishlar hisobotini ishlab chiqishda qatnashadi;

-bajariladigan ishning kunlik hisobotini yuritadi.

-foydalanuvchilardan kelib tushgan talabnomalarga berilgan rad javoblari ustida ishlaydi va shu asosda yordamchi fondlarni komplektlash bo‘yicha takliflar berib boradi;

-O‘qish zallarida joylashgan ochiq fonddagi axborot-kutubxona resurslarining to‘g‘ri joylashtirilganiga (har kungi tekshiruv) javob beradi;

-“Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida” gi  Nizom” asosida kutubxona qoidalari xususida foydalanuvchilarga tushuntirish ishlarini olib boradi;

-axborot kunlari ochiq adabiyotlardan foydalanishni targ‘ib qiladi,   O‘qish zallarida  kitob-rasmli ko‘rgazmalarni tashkil qiladi;

-Respublika axborot-kutubxona muassasalari va chet el kutubxonalarining ilg‘or ish tajribasini o‘rganadi va ish amaliyotiga yangi shakl va usullarini joriy qiladi;

-ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarda, konferensiyalar, kengashlar va seminarlarni tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi;

-ishlab chiqarishga oid zarur hollarda xizmat majburiyatlaridan tashqari vazifalarni bajaradi.

Malakaviy talablar 

O‘qish zallari xizmati axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha I-toifali mutaxassisining lavozimiga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi:

-oliy yoki o‘rta-maxsus kutubxonachilik ma’lumoti;

-axborot-kutubxona sohasi bo‘yicha kamida 2 yil ish stajiga ega;

-yuqori axloq-odob qoidalari;

-chet tili asoslari;

-kompyuter savodxonligi ko‘nikmalari (kutubxonachilik sohasiga oid maxsus dasturlar asoslarini bilishi).

 

 

Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati  axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha I-toifali mutaxassisi (1 vakant lavozim)

Lavozim majburiyatlari

 - axborot kutubxona- resurslariga tushgan buyurtmalarni, tez  va sifatli bajarish,  adabiyotlarni berish kafedralariga yetkazib berish  bo‘yicha ish olib boradi;

- adabiyotlarni  berish va qaytarib olish jarayonida adabiyot  butligini tekshirib boradi, yaroqsiz xolga kelgan adabiyotlarni ta’mirlash ishini tashkil etadi;

-istiqbolli, yillik va chorak rejalari  va xizmatda bajarilgan ishlar hisobotini ishlab chiqishda qatnashadi;

-bajariladigan ishning kunlik hisobotini yuritadi;

-foydalanuvchilardan kelib tushgan talabnomalarga berilgan rad javoblari ustida ishlaydi va shu asosda fondlarni komplektlash bo‘yicha takliflar berib boradi;

-adabiyotlarni berish kafedralariga berilgan adabiyotlarni fondga qaytarilishini nazorat qilib boradi;

- kutubxonada muxim va unutulmas sanalarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan    kitob-rasmli ko‘rgazmalarni tashkil qilishda qatnashadi;

-Respublika axborot-kutubxona muassasalari va chet el kutubxonalarining ilg‘or ish tajribasini o‘rganadi va ish amaliyotiga yangi shakl va usullarini joriy qiladi;

-ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarda, konferensiyalar, kengashlar va seminarlarni tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi;

-ishlab chiqarishga oid zarur hollarda xizmat majburiyatlaridan tashqari vazifalarni bajaradi.

Malakaviy talablar

Adabiyotlarni berish va dispetcherlik  xizmati axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha I-toifali mutaxassisining lavozimiga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi:

-oliy yoki o‘rta-maxsus kutubxonachilik ma’lumoti;

-axborot-kutubxona sohasi bo‘yicha kamida 2 yil ish stajiga ega;

-yuqori axloq-odob qoidalari;

-chet tili asoslari;

-kompyuter savodxonligi ko‘nikmalari (kutubxonachilik sohasiga oid maxsus dasturlar asoslarini bilishi).

 

 

Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati rahbari (1 vakant lavozim).

Lavozim majburiyatlari

-axborot-kutubxona faoliyatini, kutubxonaning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik dasturlarida kutubxonaning ishtirok etishini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

-xalqaro hamkorlik dasturlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar berish;

-takchi axborot-kutubxona muassasalari va tashkilotlari, axborot va ta’lim markazlari, diplomatik vakolatxonalar, fondlar, chet el nashriyotlari, shuningdek mansabdor va alohida shaxslar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

-kutubxonada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va ko‘rgazmalar o‘tkazishni  tashkillashtirishda qatnashadi;

-xorijiy mutaxassislarni taklif qilishni rasmiylashtirish, Kutubxonaga keluvchi xorij delegatsiyalar tashrifini ma’muriyat miqyosida tashkillashtirish, tashrif buyurish dasturlari va qabul uchun xarajatlar smetasini tayyorlash.

-yetakchi xorij kutubxonalari ish tajribasini o‘rganish va Kutubxonada tatbiq qilishga ko‘maklashish;

-xorij kutubxonalari bilan tajriba almashish maqsadida madaniy tadbirlarni tashkil etadi, shuningdek mutaxassislar almashish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni qiladi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

-xorijiy kutubxonalar bilan kelishuv chog‘ida erishilgan bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;

-kutubxonaga xorijiy hamkasblar, fan va madaniyat arboblari tashrifini tashkil etadi;

-xorijiy kutubxona vakillari bilan muzokaralar olib borilishini tashkil etadi;

-xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil qilish, uchrashuv va muzokaralar chog‘ida xizmat ko‘rsatadi;

-xorijiy hamkorlar va xalqaro tashkilotlar xizmat yuzasidan yozishmalarni yuritadi.

-axborot-kutubxona fondlarini komplektlash xizmati bilan hamkorlikda respublikada nashr etilgan buyurtma nashrlarni xalqaro kitob almashinuvi orqali yuboradi;

-ixtisoslashtirilgan o‘qish zallari: “Koreyaga nigoh”, BMT axborot-resurs xonalarini axborot-kutubxona resurslari bilan to‘ldirishni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

-kutubxona mutaxassislarining xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va ko‘rgazmalarga tashrif buyurishiga xujjatlarni rasmiylashtirishni amalga oshiradi;

-xorijiy kutubxonalar va muassasalarga tashrif yakunlari bo‘yicha hisobotlar va takliflarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;

  tashkiliy-mamuriy xizmat boshqaruvini amalga oshiradi.

Malakaviy talablar

Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati rahbari lavozimiga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi:

-oliy ma’lumot;;

- xalqaro aloqalarni tashkil etish bo‘yicha malakaga ega, kamida 4 yil rahbar lavozimida ishlagan,axborot-kutubxona sohasi bo‘yicha malakaga ega;

-yuqori axloq-odob qoidalari;

-rus va ingliz tillarini mukaamal bilishi;

-kompyuter dasturlarida yuqori darajada ishlash.

 

 

 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy axborot-kutubxona fondlariga ulanish xizmati bo’yicha 1-toifali mutaxassis

Asosiy majburiyatlari:

 Kutubxonaning elektron katalogiga dasturiy ko’makni amalga oshirish;

 Qidiruv turlarini takomillashtirish, eski dasturiy taminotda yaratilgan bibliografik ma’lumotlarni konvertatsiya qilish;

 Milliy kutubxonaning kartochkali kataloglarini elektron shaklga o’tkazish;

Kutubxona axborot tarmog’i foydalanuvchilariga  maslahatlar  va amaliy yordam berish;

Qabul qilingan nusxalarni qayta ishlashni nazorat qilish, Milliy kutubxonaning ichki serveriga joylashtirish va fondda saqlash uchun ma’lumotlarning zaxira nusxalarini CD-ROM larga yozish;

Malaka bo’yicha talablar:

Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr) axborot-kutubxona texnologiyalari bo’yicha 3 yildan kam bo’lmagan ish staji ;

Axborot texnologiyalar sohasida yuqori professional darajada malakaviy ko’nikma;

Chet tillarini boshlang’ich darajada bilish;

 

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM